OSIYO OʻYINLARI

OSIYO OʻYINLARI — Osiyo qitʼasining nufuzli sport musobaqalari. 4 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Osiyo Olimpiada kengashi 1949-y. 13 fev. da asos solgan va musobaqalarni oʻtkazuvchi Osiyo oʻyinlari federatsiyasini tashkil etgan. Uning nizomi Olimpiada oʻyinlari gʻoyalari asosida tuzilgan. Har bir davlat O. oʻ. ning qaysi turlarida ishtirok etishini oʻzi belgilaydi, lekin vakillari tarkibi tashkiliy qoʻmita va Osiyo Olimpiada kengashi belgilagan sondan oshib ketmasligi kerak. Osiyo oʻyinlarida voleybol, futbol, yengil atletika, suzish kabi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari hamda muaytay, sepak tekrav singari milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi. Osiyo oʻyinlari dasturiga biror milliy sport turini kiritish uchun bu tur qitʼaning kamida 6 ta davlatida ommalashgan boʻlishi va kamida 4 mamlakatdan shu tur boʻyicha sportchilar ishtirok etishi zarur.

Oʻzbekiston sportchilari Osiyo oʻyinlariga 1994-y. dan qatnashadi. Sportchilarimiz Osiyo oʻyinlarining 100 dan ortiq medallari bilan takdirlanishdi (2002), ulardan 31 tasi oltin medaldir. Baydarkachi Ivan Kireyev (1994) 3 bor, gimnastikami Oksana Chusovitina (2002) va bokschi Sergey Mixaylov (1998, 2002) 2-martadan Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. Oʻzbekiston futbol terma jamoasi 1994-y. da Xirosi-mada qitʼa chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

Osiyo oʻyinlari qitʼa davlatlarida milliy sport turlarining keng ommalashishiga yordam berayapti. 2006-y. da Doʻhada boʻladigan Osiyo oʻyinlari dasturiga oʻzbek kurashi musobaqalari ham kiritildi.

Osiyo uyinlari Sanasi Oʻtkazilgan joyi 1951 Dehli Hindiston) 1954 Manila (Filippin) 1958 Tokio (Yaponiya) 1962 Jakarta (Indoneziya) 1966 Bangkok (Tailand) 1970 Bangkok (Tailand) 1974 Tehron (Eron) 1978 Bangkok(Tailand) 1982 Dehli (Hindiston) 1986 Seul (Jan. Koreya) 1990 Pekin (Xitoy) 1994 Xirosima (Yaponiya) 1998 Bangkok(Tailand) 2002 Pusan (Jan. Koreya)


Lotin alifbosida maqola: OSIYO OʻYINLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FUTBOL
XITOY
FRANSIYA
OLIMPIADA OʻYINLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты