NUROTA TOGʻLARI — Turkiston tiz-masining shim.-gʻarbiy tarmogʻi. Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida. Jan.-sharqda Sangzor daryosidagi Ilonoʻtti togʻ yoʻlagi Nurota togʻlarini Molguzar tiz-masidan ajratib turadi. Jan. dan Zarafshon botigʻi, shimdan Qizilqum choʻli bilan chegaralangan. Nurota togʻlari bir-biriga parallel boʻlgan ikkita tizmadan iborat.
Shim. tizma Nurota togʻlari, aniqrogʻi, Shimoliy Nurota togʻlari, janubiysi — Janubiy Nurota togʻlari deb yuritiladi. Shimoliy Nurota togʻlari jan.-shar-kiy qismini Qoʻytosh togʻlari ishgʻol qilgan. Qoʻytosh togʻlari shim.-gʻarbda Sovurbel dovonidan jan.-sharqda Sangzor daryosigacha boradi. Uz. 70 km, oʻrtacha bal. 1260 m. Shim. Nurota tizmasining markaziy qismi nisbatan baland, oʻrtacha bal. 1750 m. Eng baland joyi (Zar-gartogʻ) — 2169 m. Bu qismida Katta Fo-zilmon (2134 m), Qarchigʻay (2105 m) kabi choʻqqilar ham bor. Shimoliy Nurota togʻlarining shim.-gʻarbiy qismi uncha baland emas, oʻrtacha bal. 900—1100 m. Janubiy Nurota togʻlari bir qancha meridianal vo-diylar bilan qirqilgan; jan.-sharqdan shim.-gʻarbga choʻzilgan Gʻubdintogʻ, Qaroqchitogʻ, Oqtogʻdan iborat. Oqtogʻning shim.-gʻarbidagi Qoratogʻ ham janubiy Nurota togʻlariga kiradi. Bu togʻlar bir-biridan Qoʻshrabot, Qoʻytosh va Nurota orqali ajralib turadi. Nurota togʻlari shimoli-gʻarbga tomon 180 km choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 1000 — 1500 m. Paleozoyning ohaktosh, qumtosh va slaneslaridan, metamorfik jinslardan tashkil topgan. Bular orasida ot-qindi jins koʻp. Jan. tizmalarning pastroq qismlari va botiklarda neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklari ham tarqalgan. Tektonik jihatdan tizmalar megantiklinal strukturaga ega boʻlib, gersin burmalanishida hosil boʻlgan va hoz. balandligida yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan.
Nurota togʻlarining pastroq qismida yoz quruq va issiq, qish u qadar sovuq emas. Iqlimi togʻ yon bagʻirlarida va yuqori qismlarida salqin, yogʻin koʻproq. Yillik oʻrtacha t-ra 13,4—14,4°, yanv. niki – 0,6° —2,3°, iyulniki 15°—25,4°. Eng yuqori t-ra togʻoldi hududlarda 46° — 47°, eng past t-ra —29°, —30°. Yillik yogʻin miqsori 251—452 mm, qor qoplamining qalinligi 15—30 sm. Sha-molning oʻrtacha tezligi sekundiga 2,0 — 3,2 m, baʼzida 28 m ga yetadi.
Nurota togʻlaridan koʻplab daryo va soylar (Osmonsoy, Kulbasoy, Uchmasoy, Majrumsoy, Uxumsoy, Sentabsoy, Tusunsoy, Oqtepasoy, Koʻksaroysoy, Oqchopsoy va b.) boshlanadi. Ularning suv sarfi kam boʻlganidan tekislikka chiqqach, qurib qoladi yoki sugʻorishga sarflanadi. Bahorda ularda sel hodisalari ham sodir boʻladi.
Nurota togʻlarida, asosan, boʻz tuproqlar, 1600 — 1700 m balandliklarda jigarrang boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻ etaklari va 1600 m balandlikgacha boʻlgan qismida efemer va efemeroidlar oʻsadi. Buta va daraxtlardan bodom, yongʻoq, naʼmatak, uchqat, doʻlana va b. bor. Baland qismida archazorlar uchraydi. Hayvonlardan boʻri, tulki, yumronqoziq, quyon, togʻ echkisi, boʻrsiq, ilonlar, kaklik, bul-duruq va b. yashaydi. 1975-y. da tashkil etilgan Nurota togʻ-yongʻoqzor davlat qoʻriqxonasida togʻ landshafti va u yerdagi oʻsimliklar (yongʻoq, olma, olcha, tut), hayvonlar (muflon, qobon, tulki, jayra, kaklik, burgut, ilonlar) muhofaza qilinadi. Nurota togʻlaridan yaylov si-fatida foydalaniladi. Soylar vodiylarida polizchilik, bogʻdorchilik qilinadi. Yon bagʻirlarida bugʻdoy, arpa va b. ekinlar ekiladi.