OFIURALAR

OFIURALAR (Ophiuroidea), ilondumlilar — ignaterililar sinfi. Disksimon, gavdasi 10 sm gacha, undan 5 ta (baʼzan 10 tagacha) egiluvchan nurlar tarqaladi. Ayrim Ofiuralarning nurlari koʻp marta shoxlanadi (gorgonotsefallar). Gavdasining uzunligi nurlari bilan birga 0,5 m ga yetadi. Koʻpchilik Ofiuralar singan nurlarini regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. Tropik dengizlarning sayoz qismida yashaydigan Ofiuralar rangi juda chiroyli. 2 turkumi: terili Ofiuralar (beshnurli va barcha shoxlangan nurli Ofiuralarni oʻz ichiga oladi) va haqiqiy Ofiuralarga ajratiladi. 2 mingga yaqin turi bor; dengiz va okeanlar tubida litoraldan boshlab 8 km chuqurlikkacha uchraydi. Koʻpchiligi ayrim jinsli, ayrim turlari germafrodit, Jinsiy hujayralarini suvga chiqaradi, lichinkasi ofiopleteus. Ayrim turlari oʻzgarish orqali rivojlanadi; tuxumdan chiqqan yosh Ofiuralar maxsus chiqarish xaltasida usadi. Fitoplankton va zooplankton organizmlarni oqimga qarshi yoyilib turadigan qoʻllari bilan ushlaydi. Baʼzan dengiz tubida koʻplab toʻplanadi; bentofag baliklar uchun oziq (yana q. Ignaterililar).


Lotin alifbosida maqola: OFIURALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
XITOY
TOSHKENT
JINSIY HAYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты