OXUN

OXUN, oxund (arab. — vaʼzxon, notiq, din targibotchisi) — 1) mulla, muallim, ustoz. Xiva xonligidagi katta madrasalarda Oxunlar soni koʻp boʻlgan, jumladan, Olloqulixon madrasasida 7 ta Oxun, 2 ta muazzin, 2 ta farrosh, 1 ta sartarosh va meshkobchi xizmat qilgan. Mudarris va Oxunlar oʻzlari taʼlim berayotgan Madrasa vaqfidan maosh olib turishgan, Madrasa ularga hujra ham ajratgan;

2) Xitoy musulmonlari orasida keng tarqalgan nom. Madrasalarda mudarrislik (oʻqituvchilik) va masjidlarda imomlik qilgan shaxslar hurmat yuzasidan umumlashtirilgan holda Oxun deb nomlangan. Qashqar aholisi orasida ham hurmat yuzasidan bir-birining ismiga Oxun soʻzini qoʻshib aytish odat boʻlgan. Shu bois qashqarliklarni Oxun deb atash oʻzbeklar orasida ham uchrab turadi.


Lotin alifbosida maqola: OXUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
OʻZBEKLAR
XIVA XONLIGI
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты