NYANXAO (xitoycha) — Xitoyda yil hisobi shakllaridan biri, imperator xukmronligi «shiori». Mil. av. 141-y. oxiri —140-y. boshidajoriy qilingan. Mil. 536-y. yil hisobining bu shakli Koreyada (koreyscha — nyonko), 644-y. — Vyetnamda (vyetnamcha — namxao), 645-y. — Yaponiyada (yaponcha — nengo) pay-do boʻlgan. Nyanxao baʼzan bir imperator xukmronligi davrida bir necha bor oʻzgargan, zero shiorning almashtirilishi saltanatni yanada baxtliroq qiladi deb hisoblangan. Xitoyda Nyanxaoning botbot oʻzgarib turishi qad. zamonlardan to 17-a. gacha davom etgan. Yaponiyada bir imperator davrida shiorlarning tez-tez oʻzga-rib turgani 13—15 va 19-a. larda sodir boʻlgan. Xitoydagi Sin sulolasi davrida x. ar bir imperatorning bittadan shiori boʻlgan. Nyanxao, odatda, ramziy maʼno kasb etgan, Mas, Min sulolasi imperatori Chjudi (Tay Szun) [1402/3 — 24] ning Nyanxaosi Yunle, yaʼni Abadiy quvonch deb atalgan, Yaponiyada Medzi (1868— 1912) nengosi Maʼrifatli boshkaruvni anglatgan.