NOʻYON, noʻyonlar (moʻgʻulcha noyon, noyan, noyin — janob, knyaz) — oʻrta ayerlarda Moʻgʻulistondagi oliy tabaqa vakillari. Dastlab (11-a. — 12-a. ning 1-yarmi) qad. moʻgʻullarning aslzoda urugʻ boshliqlarini anglatgan, soʻngra (12-a. ning 2-yarmida) — choʻl zodagonlarini, urugʻchilik tuzumi yemirilib mulkdorlik munosabatlari shakllanayotgan davrda ajralib chiqqan aslzodalarni bildirgan. Chingizxon imperiyasi tashkil topgunga qadar Noʻyonlar oʻzlariga taallukli qavmlarga boshchilik qilgan. Moʻgʻullar davlatipya (13—14-a. lar) Noʻyon — chingiziy shahzodalar, tumanboshilar, mingboshilar, yuzboshilar, umuman barcha «oq suyaklar» («sagan yasun»). N. lar aksariyat hollarda sechan (chechan), bay-an, batur kabi yuqori unvonlarga sazovor etilgan. Etnik tarkrklik sharoi-tida (14—17-a. lar) Noʻyon — markazlashgan xon hokimiyatidan mustaqil boʻlgan mulk hokimlari; ular mustaqil tashqi siyosat yurgizib, oʻzlariga qaram aratlarni ekspluatatsiya qilishga toʻla huqukli boʻlganlar. 16—19-a. larda, aso-san, antroponimning komponentiga aylangan va kishi nomidan keyin kelgan. Manjurlar hukmronligi davrida (17 — 20-a. boshi) Noʻyon — turli daraja va rut-badagi hokimlar — siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻlishgan, biroq oʻzlarining mulqsorlik xuquqlari va imtiyozlarini daxlsiz sakdab qolishgan. 1911 — 19 y. larda Noʻyon yana davlat hokimi-yatiga ega boʻlishgan. Xalq inqilobining dastlabki yillaridayoq Noʻyon hokimiyatdan chetlatilib, barcha tabaqaviy imtiyozlardan maxrum etilganlar. 1940-y. ga kelib Moʻgʻulistonda mulkdorlar sinf sifatida tugatilishi munosabati bilan Noʻyon ta-rix sahnasidan tushgan.
Hamidulla Dadaboyev.