OʻZBEK DAVLAT SAYYOR KONSERT ETNOGRAFIK TRUPPASI

OʻZBEK DAVLAT SAYYOR KONSERT ETNOGRAFIK TRUPPASI — Oʻzbekistonda ilk professional ashula va raqs ansambli. 1926 yil Oʻzbekiston xalq maorifi komissarligi qoshida M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan va uning rahbarligida tashkil etilgan. Unda xalq sanʼati bilimdonlari hamda yosh isteʼdodli sozanda, xonanda va (raqqosa) lari toʻplangan. Ansamblning dastlabki tarkibida Abduqodir naychi Ismoilov, Ahmadjon qoʻshnay Umrzoqov, Usta Olim Komilov, Xaitoxun Qurbonov, T. Jalilov, Mamatbuva hofiz Sattorov, Orif garmon Toshmatov, J. Sultonov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Otaxoʻja Saidxoʻjayev, Muhammad Bobohoji, Xuloyberdi, Tamaraxonim, Begimxon va Nurxon Yoʻldoshxoʻjayevalar, Tuhfaxon, Tojixon, Xalchaxon kabilar boʻlgan. Uning repertuaridan xalq lapar va yallalari («Bilaguzuk», «Chamannor», «Gulyor»), raqslar («Qarinavo», «Katta oʻyin»), zamonaviy shsr va qoʻshiklar, Yusufjon qiziqning dolzarb mavzudagi hajviyalari. shuningdek, turli sahna tomoshalari (mas. Hamzaning «Yer islohoti» va boshqalar) asosiy oʻrin olgan. Ansambl, shuningdek, oʻzbek mumtoz va xalq musiqa namunalarini targʻib qilgan, «Erk bolalari», «Tuygʻunoy» (Gʻ. Zafariy), «Lolaxon» (K. Yashin) kabi musiqali spektakllarni sahnalashtirgan. 1927-yil Rossiya, Ukraina, Tatariston, Boshqirdiston, Gruziya, Ozarbayjon, Turkmaniston shaharlarida konsertlar berib shuhrat qozongan. 1929-yil may oyida Oʻzbek davlat musiqali eksperimental ansambli nomi berilgan, oktyabrda Oʻzbek davlat musiqali teatrita aylantirilgan.


Lotin alifbosida maqola: OʻZBEK DAVLAT SAYYOR KONSERT ETNOGRAFIK TRUPPASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUSUFJON QIZIQ
YAPONIYA
RAQS
TAMARAXONIM
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты