OGʻIR SANOAT

OGʻIR SANOAT — i. ch. vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoklari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnint bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va b. kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan i. ch., texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.

Oʻzbekistonda 20-a. ning boshlariga qadar Ogʻir sanoat korxonalari boʻlmagan. 20-a. ning 20-y. laridan boshlab dastlabki q. x. mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta Ogʻir sanoat korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor z-dlari qurildi.

Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarkand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va b. joylar turli xil kimyoviy maxsulotlar ishlab chikaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent sh. lari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq sh. lari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi.

Oʻzbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, koʻmir, benzin, poʻlat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavatorlar, koʻprikli koʻtargichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻitlar, sement, qurilish materiallari va b. ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoatida tarmoqlarning tutgan oʻrni xar xil. Mas, 1995-y. da sanoat maqsulotlarining tarmoqlar boʻyicha tarkibida yoqilgʻienergetika majmuasi 18,3%, metallurgiya 13,9%, kimyo va neft kimyosi sanoati 5,2%, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 8,8%, qurilish materiallari sanoati 4,5%, sellyuloza-qogʻoz sanoati 1%ni tashkil qildi. Sanoat tarak,qiyotida yoqilgʻi-energetika majmuasining oʻrni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, kumir va energetika kiradi. Oʻzbekiston jaxrndagi 10 ta yirik gaz ishlab chikaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidro – va issiklik elektr st-yalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibi maʼdan xom ashyosini, kora va rangli metallarni qazib chiqaruvchp, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat. Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va b. qator qazilma boyliklarning aniklangan zaxiralari koʻp.

Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir. Yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoklarda chuqur strukturaviy qayta qurishlar amalga oshirildi, ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. 2002-y. da Oʻzbekiston Ogʻir sanoat korxonalarida 419,6 ming t kora metallar prokati, 2,7 mln. t kumir, 7,2 mln. t neft (gaz kondensa-ti b-n birga), 59,7 mlrd. m3 tabiiy gaz, 49,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya-si, 156 ta transformator, 31285 dona avtomobil, 954 dona traktor, 822 ming t mineral oʻgʻitlar, 9733 t qogʻoz, 3,9 mln. t sement ishlab chiqarildi.

Jahondagi koʻpgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda Ogʻir sanoatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilgan. 1970-y. lar oʻrtalarida butun dunyoda 6499 mlrd. kVt-soat elektr energiya-si, 2642 mln. t neft, 1260 mlrd. m3 tabiiy gaz, 2505 mln. t koʻmir, 476 mln. t choʻyan, 652 mln. t poʻlat, 96,6 mln. t mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkichlar 20-a. ning oxiriga qadar ham ortib bordi.

Ogʻir sanoat rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va b. mamlakatlar sanoatida asosiy oʻrinni egallaydi (yana q. Gaz sanoati, Gidroenergetika, Yoqilgʻi sanoati, Industrial oʻsish, Issiqlik energetikasi, Kumir sanoati, Mashinasozlik sanoati, Neft sanoati, Neft kimyoʻsi sanoati, Rangli metallurgiya).

Abdurahim Ortiqov, Ravshan Otaboyev.


Lotin alifbosida maqola: OGʻIR SANOAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты