OHANGARON

OHANGARON — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi shahar (1962-y. dan). Tuman markazi. Qurama togʻining etagida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida, 525—600 m balandlikda. Toshkentdan 68 km. Toshkent—Angren t. y. dagi stansiya. Shahar hududidan Xoʻjabaland, Xonariq va b. ariqlar oqib oʻtadi. Aholisi 34,7 ming kishidan ziyod (2003).

Shahar nomi «oxangaron» — «temirchilar» maʼnosini anglatadi. Ohangaronning tez oʻsishiga uning yaqinidagi Angren koʻmir koni va Olmaliq rangli metall konlarining ochilishi sabab boʻldi. Ohangaronda sementli shifer korxonasi, «Santexlit», «Ohangarondon» z-dlari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi (5700 ga yaqin oʻquvchi), bolalar sport maktabi, bolalar sanʼat musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, 2-madani-yat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2-jahon urushi qurbonlariga yodgorlik oʻrnatilgan. Kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, 10 dorixona mavjud.


Lotin alifbosida maqola: OHANGARON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты