OHANGARON TUMANI (1939-y. gacha Qurama tumani) — Toshkent viloyatidagi tuman. 1929-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1957-y. da Oʻrta Chirchiq va Toshkent tumanlari tarkibiga qoʻshilgan. 1971-y. 31 avg. da qayta tashkil etildi. Shim. da Yuqori Chirchiq, Parkent, Boʻstonliq tumanlari, sharqdan Namangan viloyati, jan. dan Tojikiston Respublikasi, jan.-gʻarbdan Piskent tumani va gʻarbdan Oʻrta Chirchiq tumani bilan chega-radosh. Mayd. 3,19 mingkm2. Aholisi 78,1 ming kishi (2002). Ohangaron tumanida 1 shahar (Ohangaron), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlik, Doʻstlik, Ozodlik, Susam, Telov, Uvak, Qoraxitoy, Qurama) bor. Markazi — Ohangaron sh.
Tabiati. Tuman hududi jan.-sharqda Qurama, shim. va shim.-garbda Chatqol togʻ tizmalari oʻrtasidagi vodiyda joylashgan. Bu togʻ tizmalari Kamchiq dovonit birlashadi. Togʻlardan tushayotgan soylar yon bagʻirlarini yuvib, adirlar hosil kilgan.
Foydali qazilmalardan qoʻngʻir kumir (Angren, Obpartak, Choʻchqabuloq, Jigariston), mis, rux, molibden, oltin (Qoʻshbuloq, Qizilolma, Novgarzon, Oltintopgan), flyuorit (Gushsoy), alunit (Okcha, Novgarzon), feruza (Ungurlikon, Objazsoy), qurilish materiallari bor. Oʻtga chidamli tuproq, qum, shagʻal, oxaktoshning zaxiralari katta.
Iqlimi kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3°, —5°, iyulniki 22°—26°. Yillik yogʻin 220—280 mm. Ohangaron vodiysida tezligi 5—10 m togʻ-vodiy shamoli esadi. Vegetatsiya davri 180 kun. Tuman hududidan Ohangaron daryosi va uning irmoqlari (Beshkoʻl, Irtosh, Koʻksaroy, Chetsuv, Chinor, Qorabogʻ, Oqcha, Shovvoz, Novgarzon, Gushsoy va b.) oqib oʻtadi. Tumanning shim.-gʻarbidagi xoʻjaliklar Chirchikdan boshlanuvchi Hamdam va Parkent kanallaridan suv oladi. Daryo ka-yirlarida oʻtloqi va oʻtloqi-botqoq tuproq, adirlarda tipik boʻz tuproq (chirindisi 15—26%), togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman yovvoyi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar koʻp. Qoʻngʻirbosh, rang, oqquray, qoʻziquloq va tabobatda ishlatiladigan 8 turdagi togʻ giyohlari usadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarida archa, yongʻoq, pista, togʻolcha, doʻlana, olma koʻp. Qushlardan tustovuq, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, kaklik, kaptar, burgut, kal-xat, qarchigʻay, zargʻaldoq, bulbul, qizilishton, popushak, saʼva va b. bor. Sut emizuvchilardan koʻrsichqon, yumron-qoziq, sassiqkoʻzan, suvsar, kiyik, arxar (togʻ qoʻylari), chiyaboʻri, tulki, boʻri, quyon, boʻrsiq, tipratikan, qobon koʻp, baʼzan ayiq uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar, har xil ilon, hasharotlardan qorakurt va b. mavjud.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, qirgʻiz, rus, tatar, ukrain va b. millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002).
Tumanda 4 ta qoʻshma korxona, 165 xususiy firma, ak-siyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyat va kichik korxonalar mavjud. Ohangaron tumanida 6 shirkat, 3 yordamchi, 1 ja-moa, 526 fermer xoʻjaliklari bor. Q. x. da gʻallachilik yetakchi oʻrinda, bogʻdorchilik, chorvachilik, polizchilik bilan ham shugʻullaniladi. Jami ekin mayd. 26,04 ming ga. Shundan 12,5 ming ga yerga boshokli don, 249 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. 1625 ga pichanzor va 66,8 ming ga yer yaylov. Ugom-Chatqol milliy tabiat bogʻiga qarashli Oqangaron oʻrmon xoʻjaligi bor.
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 25,7 ming qoramol, 98,7 ming qoʻy va echki, 154,8 ming parranda boqila-di (2003).
Ohangaron tumanida 53 umumiy taʼlim maktabi (18,2 ming oʻquvchi), q. x. va iqtisodiyot kasb-qunar kolleji (245 oʻquvchi), 8 klub, musiqa maktabi, 28 kutubxona (333 ming kitob), 42 sport maydoncha-si, 3 yodgorlik monumenti mavjud.
Markaziy kasalxona, 14 qishloq vrachlik punkti, 14 feldsher-akusherlik punkti, 3 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 dorixona faoliyat koʻrsatadi.
Tuman hududidan Toshkent—Angren t. y. va Toshkent—Qoʻqon—Oʻsh—Qashqar xalqaro aqamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻli oʻtgan.
Umumiy yoʻllar uz. 205 km boʻlib, bu yoʻllardan Toshkent—Angren, Toshkent—Yangiobod, Angren—Boʻka, Angren — Bekobod, Olmaliq — Chirchiq, Oxangaron — Olmaliq, Olmaliq — Toʻytepa, Ohangaron — Nurobod, Ohan-garon — Tut yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.
Tumanda 1932-y. dan «Oxangaron» (avvalgi «Qurama haqiqati») gaz. chiqariladi.