OHORLASH

OHORLASH (toʻqimachilikda) — tanda ipiga maxsus modda (ohor) shim-dirish. Ohor kraxmal kislotalar, ishqorlar, sovun, yogʻlar, glitserin, antiseptik moddalar va b. dan tayyorlanadi. Asosan jun, paxta, lub tolalaridan iigirilgan ip ohorlanadi. Ancha pishiq, dagʻal iplar ohorlanmaydi. Oʻzbekistonda ilgari ohor bugʻdoy unidan atala koʻrinishida tayyorlangan va lattada suzilgan. Toʻqish uchun doʻkonga solingan tanda parralari (tuklari) gula (toʻqimachilik dastgohining bir qismi)ga va tigʻ tishlariga yopishib qolib, toʻqishga xalaqit bergan, ip salga uzilavergan. Shu sababli, toʻquvchi tandaga ohor purkab, ip parralarini yotqizib silliqlagan. Shu jarayon O. deb atalgan. Hozir Ohorlash maxsus ohorlash mashinalarida bajariladi. Buning uchun mashinaga bir necha tanda ipi joylanadi. Soʻngra ip ohorli togʻoraga botiriladi. Ohor shimib olgan ip quritish barabanlari yoki quritish kamerasida quritiladi. Ohor ip sirtini silliqlaydi, uni pishiqlantiradi. Ohorlangan ipdan toʻqilgan gazlama koʻrkam, pishiq chiqadi.


Lotin alifbosida maqola: OHORLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOʻQUVCHILIK
XITOY
PAXTA TERISH MASHINALARI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты