OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (OʻzSSR), Oʻzbekiston SSR — Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida tashkil topgan va SSSR tarkibiga kirgan milliy respublika (1925—91). Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalk Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Mayd. 447 400 km2. Aholisi 5 mlndan ortiq (1926), 6,4 mln. (1939), 8,3 mln. (1959), 11,8 mln. (1970), 15,4 mln. (1979), 20 mln. ga yaqin (1989) kishi. OʻzSSRda oʻzbeklar (14 mln. dan oshiq), qoraqalpoqlar (411 900), tojiklar (933 600), qozoqlar (808 200), qirgʻizlar (174 900), turkmanlar (121 600) yashagan (1989). Poytaxti 1925 yil fev. dan to may oyigacha Buxoro, 1925-yil maydan to 1930-yil dek. gacha Samarqand, 1930-yil oxiridan Toshkent. OʻzSSR hududi shim. va shim. gʻarbda Qozogʻiston SSR, jan. gʻarbda Turkmaniston SSR, jan. sharqda Tojikiston SSR, shim. sharqda Qirgʻiziston SSR, jan. da Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan.
Siyosiy tarixi va davlat boshqaruvi. Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan OʻzSSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (OʻzSSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan OʻzSSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.
Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan 1qurultoyi (1925-yil 13—17 fev.)da «Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya» qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi OʻzSSR MIK va OʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti — OʻzSSR XKS tuzilgan. OʻzSSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929-yilgacha OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy r-nlashtirish amalga oshirilgan. 1987-yil da OʻzSSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-yildan u OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 r-n, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. OʻzSSR Butunittifoq sovetlarining 3syezdi (1925-yil 13-may)da SSSR tarkibiga kiritilgan. 1927, 1937, 1978-yillarda OʻzSSR Konstitutsiyalari qabul qilingan.
Resggublika siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fev. da Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Oliy Soveti (1937-yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946-yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, r-n, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. (OʻzKPb) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, q. x. ni kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.
Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti — kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻlatoʻkis qaram boʻlib qolgan.
Mustabid tuzum yosh avlodni kommunistyk ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi — Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan.
Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri «Qoʻshchi» ittifoqi boʻlgan (1920—33 yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va «quloqlashtirish» davrida salbiy rol oʻynadi.
OʻzSSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan «sotsialistik tajriba» mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi.
Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-y. lardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi.
20-asr 20-y. larining 2-yarmi va 30-y. lar boshida OʻzSSRda «Oʻn sakkizlar guruhi», «inogʻomovchilik», «qosimovchilik», «badriddinovchilik», «milliy ittihodchilar», «narkompros ishi» kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida oʻzbek xalqining koʻplab asl farzandlari qatagʻon qilindi. Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi (1931-yil apr.).
30-y. lar oʻrtasiga kelganda butun mamlakatda boʻlgani singari OʻzSSRda ham ommaviy qatagʻonlar avj oldi.
Respublikadagi aksariyat siyosiy rahbarlar 1937—38 yillarda «millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish»da, shuningdek, qurolli qoʻzgʻolon koʻtarishni tayyorlashda ayblandi. F. Xoʻjayev, A. Ikromov, S. Segizboyev, A. Karimov kabi siyosiy rahbarlar qatl etildi.
OʻzSSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. 20-asr oʻzbek adabiyotining arboblari; Fitrat, Chulpon va Abdulla Krdiriy va boshqalar otib tashlandi.
1937—39 yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻdsirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937—53 yillarda OʻzSSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936—40 yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi.
1925—29 yillarda Oʻzbekistonda yersuv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shartsharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab 3 bosqichda oʻtkazildi (q. Oʻrta Osiyoda yersuv islohoti). Keyinchalik q. x. ni kollektivlashtirish amalga oshirilib, kz va szlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini «quloq» («mushtumzoʻr») sifatida tugatish siyosatini olib borgan (q. Quloqlashtirish).
Ikkinchi jahon urushi yillarida OʻzSSRdan 1,5 mln. kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 mln. dan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi. Oʻzbek xalqi yana bir bor oʻzining gumanizmi va bagʻri kengligini koʻrsatdi.
Oʻrush yillarida milliy siyosatda kechirib boʻlmas zoʻravonlikka yoʻl qoʻyildi. 1943—44 yillarda qalmoqlar, qrimtatarlar, chechenlar, ingushlar, nemislar, qorachoylar, greklar, mesxeti turklari, bolqorlar oʻz tarixiy vatani yoki doimiy yashash joylaridan mamlakatning sharqiy hududlariga koʻchirib yuborildi. Qrimdan 151 604 qrim tatarlari, Gruziyadan 110 ming mesxeti turklari, Shim. Kavkazdan 175 ming chechen, 20 mingdan ortiq ingush, 4 500 bolqor, armani va greklar OʻzSSRga koʻchirildi. Koʻchirib keltirilganlar orasida boshqa xalqlarning vakillari ham oz emas edi. Ularga mahalliy hokimiyat va oʻzbek xalqi tomonidan katta yordam koʻrsatildi. Jumladan, uyjoy va yer sotib olish uchun tegishli miqdorda qarz ajratildi, oziqovqat bilan yordam koʻrsatildi. Maxsus koʻchirib keltirilganlarning koʻpchiligi kz va szlarga ishga joylashdilar, keyinchalik Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda ishtirok etdilar. Urush yillarida OʻzSSR q. x. ahli eng murakkab va ogʻir sharoitlarda mehnat qilib, davlatga 4 148 000 t paxta, 82 mln. pud gʻalla, 54 067 t pilla, 195 ming t sholi, 57 444 t hoʻl meva, 36 ming t quruq meva, 159 300 t goʻsht, 22 300 t jun va boshqalar mahsulotlarni yetkazib berdilar. Bu fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshilgan munosib hissa edi. Urushda vayron boʻlgan xalq xoʻjaligini tiklashga yordam berish uchun koʻplab oʻzbekistonliklar RSFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va boshqalar respublikalarga joʻnatildi.
Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay OʻzSSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. 20-asrning 40-y. lari oxiri va 50-y. lari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratiddi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻlyoʻriklariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Hamid Sulaymonov, shuningdek, Muhiddin Qoriyoqubov 1951-yilda «sovetlarga qarshi millatchshgik faoliyati» olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etiddilar. Oʻzbek xalqining faxri xisoblangan Oybek badnom qilindi.
20-asrning 50—80-y. larida OʻzSSRda turli sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Mirzachoʻl, SurxonSherobod va boshqalar choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Xalqning turmush darajasi muayyan darajada yaxshilangan, biroq maʼnaviyatga kuchli zarar yetkazilgan. Ayniqsa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti markaz manfaatlariga boʻysundirilgan. SSSRning agrar respublikalaridan biriga aylangan OʻzSSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. 20-asrning 60-y. larida Orol dengizining qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi.
OʻzSSR Konstitutsiyasida OʻzSSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda Oʻzbekistonning huquqi RSFSR tarkibidagi oblastlar yoki avtonom respublikalar huquqi bilan tenglashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal qilinar edi.
20-asrning 80-y. lari boshlariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xoʻjalik yuritish usullari oʻzining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshlaydi. OʻzSSR iqtisodiyoti ham, katta xom ashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega boʻlishiga qaramasdan, SSSRning markaziy hududlaridan juda tez ortda qola boshlagan.
OʻzSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 16plenumi mashʼum rol oʻynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashqil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar OʻzSSRda oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi.
SSSR Bosh proqurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983-yildayoq OʻzSSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan «desantchilar»ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi.
OʻzSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi «qoʻshib yozish», «oʻgʻrilik», «koʻzboʻyamachilik», «poraxoʻrlik» va h. k. ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qingʻirliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sz direktorlarining 60%, q. x. yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
1983—90 yillarda OʻzSSRda «paxta ishi» degan uydirma boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlari ham qamoqqa tashlandi.
OʻzSSR va oʻzbek xalqiga nisbatan qilingan ushbu qatagʻon va yovuzliklar xalq ommasini sovet rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, tuzumga boʻlgan munosabatini keskin oʻzgartirdi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda respublikada mustaqillik uchun kurash kuchaydi. Oʻzbek xalqi oʻzining milliy ruhi, ozodlik va kelajakka boʻlgan ishonchini yoʻqotmay, mustaqillik poydevorini qiyinchilik bilan boʻlsada, asta-sekin qoʻyib bordi. Mustaqillikka ishonch 1990-yil 20-iyunda OʻzSSR Oliy Soveti «Mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qilganida yaqqol namoyon boʻldi. 1991-yil 31 avg. da «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida» qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi.
Iqtisodiy va madaniy hayot. Oʻzbekistonning sovet davri tarixi muayyan yoʻqotishlar va fojialar bilan birgalikda katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davr hamdir. Aynan shu davrda oʻzbek xalqi oʻzining fidokorona mehnati bilan OʻzSSRni Sharkdagi zamonaviy q. x. respublikasiga aylantirgan edi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuklarga erishildi.
OʻzSSRda 1925—26 yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3% ni mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti 20-asrning 30-y. lari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927-yilda OʻzSSR xalq xoʻjaligida q. x. ning salmogʻi 62,6%, sanoatning salmogʻi 37,4% ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90% q. x. xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Iqtisodiyot xom ashyo yoʻnalishida boʻlganligi sababli OʻzSSR sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi: uning 2/3 qismiga yaqini paxta tozalash sanoati hissasiga toʻgʻri kelardi, u butunlay metropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilardi, uning boshqa tarmoqlari oʻz holicha rivojlanib, umuman, SSSR iqtisodiyoti bilan zaif bogʻlangan edi.
Birinchi 5 yillik davri (1928 — 32) da OʻzSSRda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning koʻnchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ipgazlama ishlab chiqarish surʼatlari oshib bordi. Ana shu davrda Oʻrta Osiyoda paxtachilik mashinasozlik sanoatining toʻngʻichi boʻlgan «Tashselmash» va Quvasoy sement z-di barpo etildi. «Chirchiqqurilish», Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishi tez surʼatlar bilan olib borildi. Fargʻona toʻqimachilik f-kasi va yogʻ z-di, Buxoro, Toshkent va boshqalar shaharlarda tikuvchilik fkalari ishga tushirildi.
Sanoatning rivojlantirilishi energetika bazasini kengaytirishni talab qilardi. Fargʻona, Samarqand, Toshkent va boshqalar joylarda yangi elektr styalari qurildi. 1932-yilda barcha elektr st-yalarining soni 1928-yildagi 16 ta oʻrniga 49 taga yetdi, elektr quvvati ishlab chiqarish esa 7 baravardan ziyodroq oshdi.
Ikkinchi 5 yillik davri (1933 — 37) da OʻzSSRda barpo qilinadigan sanoat korxonalari mahalliy sharoit va milliy manfaatlarni emas, balki markaz ehtiyojlarini hisobga olib rejalashtirilgan edi. Mas, Chirchiqdagi azotli oʻgʻitlar z-di va Toshkent toʻqimachilik ktini barpo etishdan maqsad Oʻrta Osiyo mintaqasida paxtachilikni rivojlantirishdan iborat boʻlgan. Umuman ikkinchi 5 yillik davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr st-yalari barpo etildi. Ular orasida Fargʻonadagi yigirishtoʻqish f-kasi, Xavdogʻ va Uchqizil neft konlari, Toshkent matbaa kti, Qoʻqon superfosfat z-di, Buxorodagi issiqlik elektr st-yalari, Qodiriya va Boʻrjar st-yalari, Toshkent lokboʻyoq z-di va boshqalar bor boʻlib, ular, asosan, Ittifoq ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilgan.
Urushdan oldingi uchinchi 5 yillik davri (1938—42)da sanoat rivojlanishida siljish kuzatildi. Urushning boshlanishiga kelib, OʻzSSRda 134 ta sanoat korxonasi qoʻshimcha ravishda ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektrkimyo kti, Toshkent toʻqimachilik ktining 2 navbati, Moʻynokdagi yirik baliqkonserva z-di bor edi. Chirchiq GES, Olmaliq mis eritish kti, Quvasoy GRESi, Tovoqsoy va Samarqand GESlarini qurish, Angrendagi koʻmir konini ishga tushirish jadal surʼatlar bilan bordi.
Urush boshlanishi vaqtiga kelib respublikaning sanoat potenniali 1445 ta yirik va oʻrta sanoat korxonalarini hamda 19 mingta mayda korxonalarni oʻz ichiga olgan. I. ch. vositalarini va isteʼmol buyumlarini ishlab chiqaradigan tarmoqlar oʻrtasidagi nisbat jiddiy ravishda oʻzgardi. Yirik sanoat salmogʻi 1928-yildagi 16,3%dan 1940-yilda 32,8% ga koʻtarildi.
Sanoatni kadrlar bilan taʼminlash jarayoni ziddiyatli xususiyatga ega boʻldi. Umuman, shiddatli industrlashtirish surʼatlari ishchilar va muhandistexnik kadrlar bilan taʼminlashning miqdor jihatidan oʻsishiga obyektiv sharoit yaratdi. Mas, yirik sanoatda ishchilar sinfining soni birinchi 5 yillikdagi 17,9 mingdan 62,4 ming kishiga yetdi yoki deyarli 3,5 baravar ortdi. 1937-yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat boʻlgan. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilgan.
Sovet davlatining siyosiy rahbariyati, xalq xoʻjaligini boshqarishda oʻzlari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar natijasida yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini maʼmuriybuyruqbozlik orqali majburlash va yuqoridan tashkil qilingan «sotsialistik musobaqa», «zarbdorlik», «staxanovchilik» va boshqalar bir qator ishchilar harakatlari vositasida «ommaning inqilobiy gʻayratshijoati»ni avj oldirish bilan qoplashga intildi.
OʻzSSR Ittifoq paxta xom ashyosini yetkazib beruvchi asosiy respublika hisoblangan. Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxtaning asosiy qismi Rossiyaning toʻqimachilik fabrikalariga qayta ishlash uchun yuborilgan va chet ellarga eksport qilingan. Oʻzbekiston sanoati, asosan, q. x. ehtiyojlariga xizmat qilishga yoʻnaltirilgan edi. Sanoatda q. x. mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoklar asosiy oʻrinni egallaydi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham oʻsha yerda qolardi. Shuningdek, Buxoro — Ural va dunyoda eng uzun Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvurlari orqali Oʻzbekistonning tabiiy gazi RSFSR va Sharqiy Yevropa davlatlariga joʻnatilgan. Lekin respublikadagi shahar va qishloqlarning aksariyat qismi gazlashtirilmagan edi. Oʻzbekistonda qazib olingan oltin, uran va boshqalar nodir metallarning eksportidan kelgan valyuta markazning xazinasiga tushgan. Respublikada ishlab chiqarilgan sanoat va q. x. mahsulotlari 42 ta mamlakatga eksport qilingan, lekin Oʻz SSR chet ellar bilan aloqa oʻrnatish, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan bevosita iqtisodiy shartnomalar tuzish huquqidan mahrum edi. Bunday vakolat faqat markazdagi Ittifoq ministrliklari va idoralari zimmasida boʻlgan.
OʻzSSRda bolsheviklar partiyasi tomonidan 20-asrning 20-y. lar oxiri — 30ylar boshida amalga oshirilgan «madaniy inqilob» milliy madaniyatga qattiq zarba berdi. Markaz tomonidan oʻzbek xalqining ming yillik urfodatlari va asriy qadriyatlari zararli deb hisoblanib, ular man etildi. 1929-yilda xalqimizning koʻp asrlik tarixi, madaniyati aks etgan arab imlosiga asoslangan oʻzbek yozuvi lotin, 1940-yilda esa kirill imlosiga almashtirildi. Islom dini va uning qadriyatlari oyoqosti qilindi. Oʻzbek tili 2darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi. Biroq bunday holatlarga qaramasdan sovet davrida madaniyat sohasida muayyan yutuqlarga ham erishildi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va intlar ochiddi. Mafkuraviy tazyiklarga qaramay, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi yozuvchi va shoirlar, Habib Abdullayev, Ibrohim Moʻminov, Obid Sodiqov, Yahyo Gʻulomov kabi olimlar, Olim Xoʻjayev, Razzoq Hamroyev, Shukur Burhonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Tamaraxonim kabi sanʼatkorlar yetishib chiqsi.
OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari: F. Xoʻjayev (1925— 37), A. Karimov (1937), SSegizboyev (1937 — 38), A. Abdurahmonov (1938—46 yilgacha); OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislari: A. Abdurahmonov (1946 — 50), A. Mavlonov (1950—51), N. Muhitdinov (195153; 195455), U. Yusupov (195354), S. Kamolov (195557), M. Mirzaahmedov (195759), O. Alimov (1959 — 61), R. Qurbonov (196171), N. Xudoyberdiyev (197184), Gʻ. Qodirov (198489), M. Mirqosimov (198990). OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisi: I. Karimov (1990-yil 1 noyab. dan).
Oʻzbekiston Kompartiyasi MKning 1kotiblari: V. Ivanov (1925 — 27), N. Gikalo (1929), A. Ikromov (1929 — 37), U. Yusupov (193750), A. Niyozov (195055), N. Muhitdinov (195557), S. Kamolov (195759), Sh. Rashidov (195983), N. Usmonxoʻjayev (198388), R. Nishonov (1988—89), I. Karimov (198991).
OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi: yil Oxunboboyev (1925—37 yilgacha); OʻzSSR^Oliy Soveti Prezidiumi raislari: yilOxunboboyev (1937—43), A. Moʻminov (1943 — 47), A. Niyozov (194750), Sh. Rashidov (195059), Yo. Nasriddinova (1959—70), N. Matchonov (1970—78), I. Usmonxoʻjayev (197883), O. Salimov (1983—86), R. Nishonov (198688), P. Habibullayev (198889), M. Ibrohimov (1989—91), OʻzSSR Oliy Soveti raisi: Sh. Yoʻldoshev (1991-yil 12-iyundan).
Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Azizxoʻjayev A., Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar, T., 2001; Alimova D. A., Golovanov A. A., Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari, T., 2000; Tarix shohidligi va saboqlari, T., 2001; Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-yil), T., 2002; Shamsutdinov R., Qishloq fojeasi: jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun, T., 2003.
Qahramon Rajabov, Bahodir Pasilov.