PAVLODAR VILOYATI

PAVLODAR VILOYATI — Qozogʻistondagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 124,8 ming km2. Aholisi 854,2 ming kishi (1999). Asosan, qozoqlar, rus, ukrain, tatar, belorus, moldavan, mordva, chuvash, udmurt,boshqird va b. millat vakillari ham yashaydi. Markazi — Pavlodar sh.

Tabiati. Pavlodar viloyati respublikaning shim.sharqiy qismida, oʻrmonli dasht, dasht va chala choʻl zonalarida, Irtish daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, mis va polimetall rudalari, koʻllarda osh tuzi va glauber tuzlari bor.

Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20°—22°, yanv. niki — 19,5°, —17,5°. Yillik yogʻin 220—320 mm. Vegetatsiya davri 167—178 kun. Eng yirik daryosi — Irtish; koʻl koʻp. Pavlodar viloyatining katta qismi toʻq kashtan tuproqli chalovbetaga dashtidan iborat.

Dashtlarda oq tovushqon, yumronqoziq, qoʻshoyoq, boʻri, tulki, latcha, toʻrgʻay, bedana, oʻrdak, balchiqchi qush yashaydi. Koʻllarda baliq turi koʻp.

Xoʻjaligi. Pavlodar viloyatida yirik sanoat, xususan, energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, shuningdek, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ustun turadi. Energetikasini viloyatdagi Ekibastuz koʻmiri, shuningdek, Kuznesk va Qaragʻandadan keltirilgan koʻmir tashkil etadi. Konchilik viloyat sanoatining asosiy tarmogʻidir. Koʻmir (Ekibastuz va Moykuben konlari) va rangli metallar hamda oltin (Mayqain, Boʻzshakoʻl), Irtish daryosi boʻyidagi koʻllardan tuz, Irtish vodiysidan oʻtga chidamli gil va ohaktosh qazib olinadi. Deyarli barcha ishlov beruvchi sanoat korxonalari Pavlodarda joylashgan. Pavlodarda alyuminiy, Yermakda ferroqotishma z-dlari va GRES, Omsk—Pavlodarchimkent neft quvuri va neftni qayta ishlash z-di ishlab turibdi.

Q. x. da gʻallachilik yetakchi oʻrinda, ozuqa, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi.

T. y. 574 km, avtomobil yoʻllari 8000 km dan ziyod. Irtishda muntazam kemalar qatnaydi. Pavlodar havo yoʻli orqali Pavlodar viloyatining barcha tuman markazlari va Qozogiston viloyat markazlari hamda boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. 2 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, teatr, Muyaldi balchiq kurorti, 3 dam olish uyi, 5 sanatoriy bor.


Lotin alifbosida maqola: PAVLODAR VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
XITOY
ROSSIYA
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты