OʻZGARUVCHAN TOK

OʻZGARUVCHAN TOK — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.


Lotin alifbosida maqola: OʻZGARUVCHAN TOK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
ELEKTR TOKINI UZATISH
FIZIKA
ENERGETIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты