OʻZGARUVCHANLIK

OʻZGARUVCHANLIK — tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining xilmaxil boʻlishi. «Oʻzgaruvchanlik» termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yoʻqotishini ham ifodalaydi. Oʻzgaruvchanlik irsiyatga qarama-qarshi maʼnoni anglatadi (q. Irsiyat). Tabiiy sharoitda paydo boʻladigan Oʻzgaruvchanlik tabiiy, yaʼni spontan, eksperimentda hosil qilinadigan Oʻzgaruvchanlik sunʼiy, yaʼni indutsirlangan Oʻzgaruvchanlik deyiladi. Oʻzgaruvchanlik manbai genetik materialning kombinatsiyasi yoki rekombinatsiyasi, gen yoki xromosoma tarkibining oʻzgarishi, atrof muhit sharoitining taʼsiri boʻlishi mumkin. Tabiatiga koʻra, Oʻzgaruvchanlik genotipik, yaʼni irsiy va fenotipik, yaʼni noirsiy shakllarga ajratiladi.

Genotipik Oʻzgaruvchanlik — organizmlar belgi va xususiyatlarining genotip bilan bogʻliq boʻlgan, avlodlarda saqlanib qoladigan (Ch. Darvinga koʻra, aniq boʻlmagan) Oʻzgaruvchanlik, yaʼni belgilarning keskin oʻzgarishi — mutatsiya (mutatsion Oʻzgaruvchanlik) yoki organizmlarni duragaylashda belgilarning kombinatsiyalanishi (kombinatsion Oʻzgaruvchanlik) tufayli kelib chiqadi (q. Duragaylash).

Fenotipik Oʻzgaruvchanlikda genotip oʻzgarmaydi. Organizmning individual rivojlanishi davomida uning yoshi (qarishi) bilan birga barcha morfofiziologik va biokimyoviy belgilarining oʻzgarishi (ontogenetik, yaʼni yosh bilan bogʻliq Oʻzgaruvchanlik) bunga misol boʻla oladi. Oʻzgaruvchanlikning boshqa bir xili modifikatsion Oʻzgaruvchanlik (modifikatsiya) ni bitta turga mansub, genetik jihatdan bir xil, lekin har xil sharoitda yashaydigan va organizmdan mikdor va sifat jihatdan farq qiladigan individlarda koʻrish mumkin. Modifikatsion Oʻzgaruvchanlik (Ch. Darvinga koʻra, aniq boʻlgan Oʻzgaruvchanlik) muayyan belgilarning muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi orqali yuzaga chiqadi va ommaviy xususiyatga ega boʻladi. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida yuzaga keladigan modifikatsion Oʻzgaruvchanlik morfozlar deyiladi. Muayyan genlar mutatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan morfozlar fenokopiyapar deb ataladi. Fenotipik Oʻzgaruvchanlikni organizmlardagi belgilar va xususiyatlar bilan emas, balki ular rivojlanish imkoniyatining irsiylanishi asosida tushuntirish mumkin. Shu sababdan genotipning fenotipda roʻyobga chiqishi uchun muayyan sharoit boʻlishi lozim. Mas, oʻsimlik rangining yashil boʻlishi uchun xlorofill sintezlanishini nazorat qiluvchi gen bilan birga yoruglik \am zarur. Muhit sharoiti taʼsirida paydo boʻladigan Oʻzgaruvchanlik darajasi ham koʻp jihatdan irsiyatga bogʻliq, chunki genotip har bir belgiga nisbatan organizm reaksiyasi normasini belgilab beradi. Irsiy va noirsiy Oʻzgaruvchanlik organizmlarning individual sifat va miqdoriy, mustaqil va korrelyativ (oʻzaro bogʻlangan), adaptiv (moslanishli) va noadaptiv hamda b. belgilarining xilmaxilligini belgilab beradi. Evolyutsiya jarayonida Oʻzgaruvchanlikning turli shakllari bir xilda ahamiyatga ega boʻlmaydi. Irsiy Oʻzgaruvchanlik organik evolyutsiyaning asosi (q. Makroevolyutsiya) va seleksiya uchun material manbai hisoblanadi. Noirsiy Oʻzgaruvchanlik organizmlarni muhitning oʻzgarib turadigan sharoitiga moslanishini taʼminlaydi. Matematik statistika va solishtirmatavsifiy metodlar — Oʻ. ni oʻrganishning asosiy metodlari.

Ad.: Grin A., Staut B., Teylor S ., Biologiya. Per. s angliyskogo, M., 1991; Mavlonov O., Biologiya, T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: OʻZGARUVCHANLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IRSIYAT
GENETIKA
BIOLOGIYA
GEN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты