PAYPASLAGICHLILAR

PAYPASLAGICHLILAR (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy bezlari selomda joylashgan. Lichinkasi halqali chuvalchanglar troxofarasiga uxshash. Foronidlar, mshankalar va yelkaoyoqlilar sinflariga ajratiladi. 4,5 mingga yaqin turi maʼlum. Koʻpchiligini (4000) mshankalar tashkil etadi. Katta amaliy ahamiyatga ega emas. Baʼzan suv oʻtkazadigan quvurlarni toʻsib qoʻyib, katta zarar keltirishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: PAYPASLAGICHLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
OKEAN
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
HAYVONLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты