PALEOLIT (paleo… va lot. «lithos» — tosh) — qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: P. — kadimgi va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865-y. ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. Paleolit quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. Paleolit eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. Paleolit davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik b-n kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari Paleolitning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-a. ning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk Paleolit davriga mansub qator noyob yodgorliklar to-pilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam — arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk Paleolit davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan «Xomo xabilis», yaʼni «ishbilarmon odam» deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5 — 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil b-n 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk Paleolit davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 y. davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Ilk Paleolit yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan Selungur yurit, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, Koʻlbuloq manzilgohida, Jan. Tojikistonning Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub Koʻlbuloq manzilgohida eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk Paleolit odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi (q. Koʻlbuloq manzilgohi). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.
Oʻrta Paleolit davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arxarlar va b. hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari b-n yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta Paleolit davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq, Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta Paleolit davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta Paleolit davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
Yuqori Paleolit mil. av. 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hoz. zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni «yangi odam» shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868-y. da Fran-siyaning Kromanyon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanyon nomi bilan shuhrat topdi.
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanyonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda yuqori Paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori Paleolit odamining jagʻi, tishlari va qoʻl suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori Paleolit davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda «Xomo sapiyens» — «aql-idrokli odam» nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo orkali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori Paleolit davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanyon odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori Paleolitning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.
Ad.: Boriskovskiy Paleolit, Kishilikning eng qadimgi hayoti, T., 1959; Gerasimov M. M., Lyudi kamennogo veka, M., 1964; Semyonov Yu. I., Kak vozniklo chelovechestvo, M., 1966; Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzы, M., 1966; Pervobыtnoye obщyestvo, M., 1975; Asqarov A., Oʻzbekiston tarixi [Eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha], T., 1994.
Abdulahad Muhammadjonov.