OʻLCHOVLAR METRIK TIZIMI

OʻLCHOVLAR METRIK TIZIMI, oʻlchovlarning oʻnlik tizimi — uzunlik birligi uchun metr asos qilib olingan fizik kattaliklar majmui. Dastlab, Oʻlchovlar metrik tizimiga, metrdan tashqari, yuza (kvadrat metr), hajm (kub metr), massa [kilogramm (4° dagi 1 dm3 suvning massasi) oʻlchovlari hamda litr, ar (yer yuzalarini oʻlchash uchun)] va tonna (1000 kg) ham kirar edi.

Oʻlchovlar metrik tizimi fransuz olimlari (J. Borda, M. J. Kondorse, P. Laplas, G. Monj va boshqalar)dan tuzilgan komissiya taklifiga koʻra, uzunlik birligi — metr uchun Parij geografik meridiani 1/4 uzunligining oʻn milliondan bir qismi qabul qilingan. Fransiyada Oʻlchovlar metrik tizimini joriy qilish haqidagi dekret 1795 yil 7-aprelda qabul qilinib, 1799-yilda platinadan metrning namunasi yasalgan. 1875-yil 17 ta mamlakat (shu jumladan, Rossiya ham) xalqaro bir xillikni taʼminlash va oʻlchovlar tizimini takomillashtirish maqsadida oʻlchovlar haqidagi shartnomaga qoʻl qoʻydi.

1899-yil 4-iyunda qabul qilingan qonun bilan Rossiyada Oʻlchovlar metrik tizimidan foydalanish (majburiy boʻlmagan holda) joriy qilindi. Bu qonun loyihasini S. N. Mendeleyev ishlab chiqqan. Sobiq SSSR da, shu jumladan, Oʻzbekistonda 1925-yil 24-iyuldan boshlab qonuniy tus oldi.


Lotin alifbosida maqola: OʻLCHOVLAR METRIK TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты