PALEONTOLOGIYA

PALEONTOLOGIYA (paleo… va yun. ontos — jonzot va… logiya) — utmish geologik davrlarda mavjud boʻlgan, qazilma qol-diqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. P. 2 yirik boʻlim — paleozoologiya va paleobotanikadan iborat.

Toshqotgan organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga maʼlum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan orga-nizmlarning qoldiqlari ekanligi haqida hali aniq tasavvur yuzaga kelmagan edi. Tabiatshunoslardan daniyalik N. Steno va ingliz R. Guk oʻlib ketgan qayvonlarning turlari haqida dastlabki fiqolarni aytishgan. 18-a. oʻrtalari Rossiyada M. V. Lomonosov, Fransiyada J. Byuffon va Jiro-Sulavi, Buyuk Britaniyada J. Getton va b. gʻoyalarining rivojlanishi bilan qad. davr jonli tabiatidagi uzluksiz oʻzgarishlar va oʻtmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarafdorlari tobora koʻpaya boshladi. Britaniyalik U. Smit birinchi boʻlib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini anikladi va shu asosda dastlabki geologik xaritani tuzdi (1794).

Paleontologiya fan sifatida tarixiy geol. bilan uzviy bogʻliq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuvye hisoblanadi; u kollejda «Qazilmalar tarixi» fanidan dare bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik oʻrganish natijasida umurtqalilar P. sini yaratgan (1808). Keyinroq fransuz botanigi A. Bronyarning «Qazilma oʻsimliklar tarixi» nashr etil-gach, paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuvye va A. Bronyar (1811) geol. da tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini oʻzaro bogʻlab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. «Paleontologiya» terminini 1marta (1822) fransuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyutsion nazariya asoschisi boʻlgan J. B. Lamark umurtqasizlar P. sini yaratgan. 19-a. ning 1yarmida Paleontologiyada turlarning oʻzgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin oʻzgarishlar boʻlib turishi haqidagi gʻoya hukmron boʻlgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveysariyalik L. Agassis, angliyalikA. Sejvik va fransiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik Paleontologiya shakllandi va 40-y. larning boshida Yerning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi.

19-a. ning 60-y. laridan Paleontologiyada yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan evolyutsion nazariyaning yaratilishi (Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» asari, 1859-y.) bilan bogʻliq. 19-a. ning koʻpgina paleontologlari darvinist boʻlmasalarda, evolyutsionizm gʻoyalarini Paleontologiyada tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hoz. evolyutsion Paleontologiyaning chinakam asoschisi sifatida muhim oʻrin tutadi. Uning umurtqalilar Paleontologiyasi va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar Paleontologiya siga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega boʻldi. Umurtqalilar Paleontologiyasi evolyutsiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Paleontologiya biologiya, sitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bogʻliq boʻlib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, xayvonlar va oʻsimliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funksional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini oʻrganish Paleontologiyani fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qad. organizmlarni qiyosiy-tarixiy oʻrganish natijasida Paleontologiya ekologiya, biogeotsenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora koʻproq bogʻlanmoqda. Yer toʻgʻrisidagi fanlar ichida Paleontologiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geol. 18—19-a. larda stratigrafiyaning vujudga kelishi b-n Yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyutsion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi konsepsiyasiga tayangan evolyutsion taʼlimot P. ning stratigrafik geol. da qoʻllanishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Litologik fatsial xaritalar tarixiy geol. da katta ahamiyatga ega boʻlishi b-n birga, kumir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va b. foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir.

A. D. Arxangelskiy, V. N. Veber, A. P. Karpinskiy va b. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda dastlabki paleontologik tadqiqotlar olib borishgan. Oʻzbekistonda Paleontologiyaning rivojlanishi V. A. Vaxrameyev, S. X. Mirkamolova, O. I. Sergunkova, Ye. A. Repman, K. A. Alimov, Ya. X. Iminov, N. Eshnazarov, R. Abdullayev va b. nomlari bilan bogʻliq.

Ad. L. Davitashvili L. Sh., Istoriya evolyutsionnoy paleontologii ot Darvina do na-shыx dney, M. —L., 1948; Si kstel T. A., Xudayberdiyev R., O florax proshlogo Sredney Azii, «Paleobotanika Uzbekistana», t. 1, T., 1968.

Xoldor Chiniqulov.


Lotin alifbosida maqola: PALEONTOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
YER
FRANSIYA
BIOLOGIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты