OʻN IKKI IMOM

OʻN IKKI IMOM — shialikdagi asosiy oqim — imomiylar (baʼzan «oʻn ikkichilar» — «isnoashʼariya» deb ataladi) oʻrtasida eʼtiqod qilinadigan imomlar sulolasi. Xalifa Ali bilan Fotimadan tarqalgan avlodlardan iborat. Ular paygʻambar avlodi deb eʼtirof etiladi. Imomiylar ularni islomning qonuniy rahnamolari deb tanib, xalifalar hokimiyatini gʻayriqonuniy deb hisoblaydi. Bular — Ali ibn Abu Tolib, Hasan, Husayn, ZaynalObidin Ali (713-yilv. e.), Muhammad alBokir (732-yilv. e.), Jaʼfar asSodiq (700—765), Muso alKozim (799-yilv. e.), Ali arRizo (818-yilv. e.), Muhammad atTaqiy (835-yilv. e.), Ali anNaqiy (868-yilv. e.), Hasan alAskariy (846—873), Muhammad alMahdiy (rivoyatlarga koʻra, 874—878-yillar orasida yoʻqolgan). Imomlarning baʼzilarigina oʻldirilgan yoki zaharlangan, lekin shunga qaramay imomiylar ularning barchasini xalifalar tomonidan oʻldirilgan deb hisoblaydi, ularni jabrdiyda va din yoʻlida shahid boʻlganlar deb motam tutadi. 12 imom — Muhammad alMahdiyni «yashiringan» deb hisoblab, u zamona oxir boʻlganda yerga qaytib kelib adolat oʻrnatadi deb tasavvur qilish shialar orasida saqlangan (q. Mahdiy, Mahdiylik). Imomlar va imomzodalar dafn etilgan maqbaralar hozir ham shialar uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, hatto ular uchun haj oʻrnini bosadi. Bunday muqadsas joylar Najaf, Karbalo, Kozimayn (Iroq), Madina (Saudiya Arabistoni), Mashhad, Qum, Shoh Abdul Azim (Eron) shahrilarida joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: OʻN IKKI IMOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ISLOM
ALISHER NAVOIY
XITOY
SHIALIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты