PALLADIY

PALLADIY (lot. Palladium) , Pd — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guru-higa mansub kimyoviy element. Tartib rakami 46, at. m. 106,42. Tabiiy Palladiy 6 ta barkaror izotop: IO2Pd (1%), l04Pd(ll,4%), 105Pd(22,33%),l06Pd(27,33%), 108Pd(26,46%) va 110Pd (11,72%) dan ibo-rat. Eng uzok, vakt mavjud boʻluvchi sunʼiy radiaktiv izotopi IO7Pd (T]/2=7-106-y.). P. ning koʻpgina izotoplari nisba-tan ozroq miqdorda uran va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida hosil boʻladi.

Palladiyni 1803-y. ingliz olimi Vollaston tozalanmagan platinadan ajratib olgan va uni 1802-y. da kashf qilingan Pallada planetasi nomi bilan atagan. P. Yer poʻstining massa jihatidan 1 10 b% ini tashkil etadi. Tabiatda tugʻma yoki boshqa noyob metallar va kimyoviy birikmalar b-n qotishmalar holida uchraydi.

Palladiy platina guruxchasidagi metallarning eng yumshogʻi, eng yengili va eng bolgalanuvchanidir. Palladiy kumush kabi yaltiroq, tashqi koʻrinishi platinani eslatadi. Suyuqlanish t-rasi 1554°; qaynasht-rasi 2940°, zichligi 12,02 g/sm3. P. platina guruhchasidagi boshqa metallarga karaganda kimyoviy jihatdan faol. Zar suvida, nitrat kislotada, konsentrlangan kaynoq sulfat kislotada eriydi. 700° gacha qizdirilganda sirti oksidlanadi, uy t-rasida nam xlor va brom b-n, kizdirilganda quruq ftor, xlor hamda oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi. Palladiy juda koʻp mikdorda vodorod yutish xususiyatiga ega (1 hajm P. 800 hajmga yaqin vodorod yutadi). Palladiy molekulyar vodorodni yutib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida uni foal atom holida ajratib chiqaradi. Shu sababli Palladiydan vodorod atomi ishlatiladigan kimyo sanoatlarida keng foydalaniladi.

Palladiy birikmalarda, odatda, 2 va 4 valentli, baʼzi hollarda 3 valentli. 2 valentli birikmalari barqarorroq. Palladiyning PdO, Pd2O3, Pd°2 tarkibli ok-sidlari maʼlum. Galogenlar bilan palladiy (II) – ftorid PdF2, palladiy (III) – ftorid PdF3, palladiy (II) – xlorid PdCl2, palladiy (II) – yodid Pdl2 hosil qiladi. Oltingururtli bi-rikmalaridan palladiy (II) – sulfid PdS, palladiy (IV) – sulfid PdS^ap mavjud. Palladiy tuzlarining koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi va eritmalarida kuchli gidrolizlanadi.

Palladiy sulfidli mis-nikel rudalaridan platina bilan birgalikda, shuningdek, oltin sochilmalari va rudalaridan olinadi. Olmaliq va Navoiy kon metallurgiya korxonalarida Palladiyni mis va qimmatbaho metallar olish texnologiyasi qoldiqlaridan ajratib olinadi. Palladiy va uning qotishmalari elektrotexnikada, kimyo sanoatida gidrogenizatsiya va degidrogenizatsiya katali-zatori sifatida, oltin, platina, rodiy bilan qotishmalari termoregulyator va termoparalar tayyorlashda, oltin, kumush, nikel va b. elementlar bilan qotishmasi zargarlikda va stomatologiyada ishlatiladi.

Ad.: Metallurgiya blagorodnыx metallov, M., 1987.

Omonulla Xoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: PALLADIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
URAN
METALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты