PALLALI GʻOʻZA

PALLALI GʻOʻZA, qaychibarg gʻoʻza (Gossypium lobatum Gent) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D7, xromosomalar soni 2p=26. 1956-y. da kashf qilingan. Pallali gʻoʻzaning vatani — Meksika (Michoa-kan shtati). Pallali gʻoʻza — ingichka, boʻyi 8 m gacha yetadigan och yashil daraxt; yuqoriga yoʻnalgan oʻsuv shoxlari koʻp. Xosil shoxlari kalta; gullari barg qoʻltigʻidan chiqadi. Gʻoʻza yulduzchasimon tuklar bilan qoplangan. Barglari yirik, och yashil, qalin tukli. Barg plastinkasi bilinar-bilinmas 3 boʻlakchaga (keng qirrali uchburchak shaklda) boʻlingan. Barg shira bezi bitta, silindr shaklida, och yashil. Yonbarglari yirik (9 mm gacha), tezda toʻkilib ketadi. Gullari yirik, qoʻngʻiroqsimon, gulbargi och qizil, olcha rang dogʻlari bor, tashqi tomonining cheti toʻq qizil. Kosachasi uzun uchburchak tishli. Gulyonbarglari mayda, toʻkilib ketmaydi. Koʻsaklari may-daroq, 3 chanoqli, ingichka silindrsimon, oʻtkir ko-nussimon shaklda, sirtida koʻzga aniq tashlanadigan bezchalari bor. Chigiti uzunchoq, 3—4 mm uzunlikdagi qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan. Pallali gʻoʻza fotodavriy oʻzgarishlarga taʼsirchan. Shiraga chidamli. Chigiti qattiq — toshchigit. Uch boʻlma bargli gʻoʻzaga payvand qilingan Pallali gʻoʻza yaxshi rivojlanib gullaydi. Meksika gʻoʻzasining yovvoyi shakllari bilan oson chatishib, bepusht duragaylar hosil qiladi. Abdumavlon Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: PALLALI GʻOʻZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MEKSIKA
GʻOʻZA
PERU GʻOʻZASI
MEKSIKA GʻOʻZASI
PAXTASIMON GʻOʻZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты