OʻRGIMCHAKSIMONLAR

OʻRGIMCHAKSIMONLAR — xelitseralilar kenja tipiga mansub boʻgʻimoyoqlshar sinfi. Uz. 0,1 mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. Koʻzlari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — malpigi naychalari va koksal bezlar. Koʻpchilik Oʻrgimchaksimonlarda zahar bezlari bor. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik tugʻadi. 60000 ga yaqin turi bor; kanalar, chayonlar, telifonlar, frinlar, tartaridlar, palpigradlar, fitsinuleylar, soxta chayonlar, solpugalar, pichanoʻrarlar, oʻrgimchaklar turkumlariga boʻlinadi. Oʻrgimchaksimonlar keng tarqalgan, koʻpchiligi quruqlikda yashaydi; kanalar va oʻrgimchaklar orasida ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan turlari bor. Koʻpchiligi yirtqich, har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari parazit (kanalar) va oʻsimlikxoʻr (oʻrgimchakkanalar). Oʻzbekiston hududida kanalar, chayonlar, solpugalar va oʻrgimchaklarning bir necha yuz turi tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: OʻRGIMCHAKSIMONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
YER
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
OʻPKA
KOKSAL BEZLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты