OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI

OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI — Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz taʼlim tizimidagi taʼlim turlaridan biri. OʻzRning 1997 yil 29 avg. da qabul qilingan «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim negiziga asoslanadi. Majburiy taʼlim hisoblangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t tabaqalashtirilgan asosda va shaxs imkoniyatlarini hisobga olgan holda quriladi hamda akademik litsey va kasbhunar kollejida amalga oshiriladi. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. oʻquvchilar tomonidan umumiy oʻrta talim maktabish olingan va oʻrta maxsus oʻkuv yurtlarit olinadigan umumiy taʼlim hamda nazariy va amaliy bilim, ixtisosligi boʻyicha professional malaka va koʻnikmalardan vujudga keladi. Oʻzbekistonda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. iqtisodiyot va rejalashtirish, huquq va hujjatlashtirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sanʼat, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, gidrologiya va meteorologiya, foydali qazilma konlari geol. si va razvedkasi, foydali qazilma boyliklarini qazib olish, energetika, metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, aviatsiya texnikasi, avtomobil va traktorlar, energetika mashinasozligi, mashina va jihozlarni ishlatish, taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, elektrotexnika, priborsozlik va priborlardan foydalanish, elektron texnika, avtomatika va avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish tizimlari, radiotexnika va aloqa, transportdan foydalanish, kimyo texnologiyasi, yogʻoch tayyorlash va uni qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, keng isteʼmol mollari texnologiyasi, meʼmorlik va qurilish, geodeziya va xaritagrafiya, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, tovarshunoslik, savdo va umumiy ovqatlanishni tashkil etish hamda xizmat koʻrsatish, metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati ixtisosliklari boʻyicha amalga oshiriladi.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. tizimida oʻquv yurtlarining asosiy tiplari akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridir.

Har bir ixtisoslik uchun oʻquv fanining muayyan majmuasi va hajmi belgilangan. Bu fanlarni oʻrganishda oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti keng qoʻllaniladi. Oʻquv fanlari majmuasi va hajmi, har bir ixtisoslik uchun muayyan fanni oʻqitish muddati oʻquv rejasi bilan belgilanadi hamda OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. ning barcha tizimi uchun tasdiqlanadi. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. tizimida oʻqish muddati 3 yil Oʻquv jarayonining asosiy tashkiliy shakli dars, leksiya, lab. mashgʻulotlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, referatlar tayyorlashdir. Oʻquv rejasi boʻyicha butun oʻqish davomida nazariy va amaliy mashgʻulotlar qoʻshib olib boriladi. Oʻquv yili davomida oʻquvchilar bilimi semestr hamda oʻquv yilidan soʻng boʻladigan sinov va imtihonlarda tekshiriladi. 2004/05 oʻquv yili Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. tizimida 51518 oʻqituvchi, jumladan, 87 fan d-ri va prof., 813 fan nomzodi va dotsent ishladi.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. tizimini tashkil etish va rivojlantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24 fev. dagi «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida»gi, 2003-yil 29-oktyabr dagi «Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, k. h. t. ning sifatli taʼlim va kasb-hunar dasturlarini yaratish, ilgʻor ilmiy va uslubiy yutuqlar asosida sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti tashkil etilgan (1998).


Lotin alifbosida maqola: OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
YAPONIYA
FRANSIYA
SOGʻLIQNI SAQLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты