PAPUA-YANGI GVINEYa

PAPUA-YANGI GVINEYa, (Papua New Guinea) , Papua — Yangi Gvineya Mustaqil davlati (Independent State of Papua New Guinea) — Okea-niyada, Tinch okeanning jan.-sharqiy qismida joylashgan davlat. Gʻarbda Indoneziya bilan chegaradosh, qolgan qismi dengizlar bilan oʻralgan. Papua-yangi gvineya —Ya. G. tarkibiga Yangi Gvineya o. ning sharqiy qismi va unga yondosh orollar, Bismark arxipelagi, Solomon o. larining shim. kis-mi, DʻAntrkasto o. lari, Luiziada arxipelagi, Trobrian o. lari, Murua o. va b. 200 ga yaqin katta kichik orollar ki-radi. Umumiy mayd. 462,8 ming km2. Axoliyey 5,172 mln. kishi (2002). Poytaxti — Portmorsbi sh. Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (province)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Papua-yangi gvineya —Ya. G. — parlamentli monarxiya, Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 i. 16 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi); hukumatning takdimiga binoan va parlamentning qaroriga muvofiq tayinlanadigan general-gubernator uning nomidan ish koʻradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh va-zir boshchiligidagi Milliy ijroiya kengash (hukumat) amalga oshiradi.

Aholisining aksariyati papuaslar, melanezlar, shuningdek, yevropaliklar, asosan, ingliz-avstraliyaliklardan iborat. Rasmiy tili — ingliz tili. Koʻpchilik dindorlari — xristianlar, qolganlari mahalliy anʼanavii dinlarga eʼtiqod qiladi, ammo aholining koʻpchiligi papuas tillarida, melanezlar malay-polinez tilida soʻzlashadi, guruhlararo muomalada motu tilidan foydalaniladi. Aholining koʻp qismi qishloq joylarda, borish qiyin boʻlgan olis qishloklarda yashaydi. Shu sababli mamlakatda urf-odat va tillar juda koʻp (700 dan ortiq). Qishloq joylarda anʼanavii turmush tarzi saqlanib qolgan.

Tarixi. Yangi Gvineyaga 16-a. ning 1yarmida portugal dengizchi sayyoxlar kelganlar. 1884-y. Yangi Gvineya o. ningjan.sharqiy qismi Angliya protektoratiga aylantirildi va u Papua nomini oddi, 1888-y. Buyuk Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi, 20-a. boshlarida Avstraliya Ittifoqiga topshirildi. 1920-y. orolning Germaniya protektorata boʻlgan shim.-sharqig qismi (Yangi Gvineya hududi) ham, Millatlar Ittifoqining mandatiga binoan, Avstraliya Ittifoqi boshqa-ruviga olib berildi. 1949-y. Avstraliya hukumati uning ikkala qismini maʼmuriy jihatdan birlashtirdi va mamlakat P. —Ya. G. nomini oddi. 1973-y. P. —Ya. G. ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻldi. 1975-y. 16 sent. da esa mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Papua-yangi gvineya —Ya. G. 1975-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sent. — Musta-qillik kuni (1975).

Xoʻjaligi. Q. x. va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ulushi 26%, sanoatning ulushi 26,6%. Asosan, kokos palmasi, kauchuk, banan, kofe, kakao yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun aholi yams, taro, maniok, makkajoʻxori, batat, shakarqamish ekadi; yovvoyi tarzda oʻsadigan non daraxti, saga palmasi va b. oʻsimliklar mevasini yigʻishtirib oladi. Goʻshtbop chorvachilik, baliq ovlash rivojlangan, yogoch tayyorlanadi. Oziqovqat va yogʻochsozlik sanoati mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Mis (koʻproq Solomon o. larida), oltin, kumush, rux kazib oli-nadi. Avtomobil yoʻllari uz. 20 ming km ga yaqin. Chetga oltin, kofe, mis, kopra, yogʻoch-taxta, kakao chikaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, sanoat mollari oladi. Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — kina.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Melanez ittifoqi, 1978-y. asos solingan; Xalq harakat partiyasi, 1985 tuzilgan; Xalq ilgʻor partiyasi, 1970-y. da tashkil etilgan; Xalq-demokratik xarakati, 1985-y. asos solingan; Milliy partiya, 1979-y. tuzilgan; Pangu Pati («Birlashgan Papua-yangi gvineya —Ya. G. partiyasi»), 1967-y. tashkil etilgan; P. —Ya. G. birinchi partiyasi, 1998-y. asos solingan. Papua-yangi gvineya —Ya. G. kasaba uyushmalari kongressi, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gaz. lari «Niugini nius» («Yangi Gvineya yangiliklari», mahalliy tildagi kundalik gaz., 1979-y. dan), «Neshnl» («Milliy», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1993-y. dan), «Papua — Nyugini postkuryer» («Papua — Yangi Gvineya pochta kuryeri», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1969-y. dan). Papua-yangi gvineya —Ya. G. milliy radioeshittirish korporatsiyasi tijorat mahkamasi boʻlib, 1973-y. asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: PAPUA-YANGI GVINEYa haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BUYUK BRITANIYA
INDONEZIYA
XITOY
TINCH OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты