PARALLEL

PARALLEL (yun. parallelos — yonida boruvchi) — 1)geografiyada — Yer yuzasida ekvatorga parallel oʻtkazilgan shartli doyra chizigʻi. Xarita, globuslarda gradus toʻrining asosiy tarkibiy qismi. Parallel sharq bilan gʻarbni kursatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari P. qisqara boradi. Bir Parallelda yotgan barcha nuqtalarning geografik kengligi bir xil boʻladi;

2) astronomiyada – osmon sferasining kichik aylanasi; tekisligi osmon ekvatori tekisligiga parallel boʻladi. Osmon sferasining olam oʻqi atrofida koʻrinma sutkalik aylanishi natijasida osmon nuqtalari (olam qutblaridan tashqari) oʻtgan yoʻllardan iborat;

3) geometriyada — q. Parallel toʻgʻri chiziqlar.


Lotin alifbosida maqola: PARALLEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOGRAFIYA
GRADUS OʻLCHASHLAR
OKEAN
TABIIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты