PARDAQANOTLILAR

PARDAQANOTLILAR (Hymenoptera) — hasharotlar turkumi. Eng xilma-xil hasharotlar turkumlaridan biri (har xil maʼlumotlarga binoan 150 mingdan 300 ming gacha turi bor). Keng tarqalgan. Uz. 0,2 mm dan (trixogrammalar eng mayda xasharot) 4—6 sm gacha (shoxdumlilar, tropik arilar, ayrim yay-doqchilar). Odatda, 2 juft shaffof pardasimon qanotlari bor. Orqa qanotlari nisbatan kichik, oldingisiga ilmoqchalar orqali birikadi. Chumolilar ikkilamchi qanotsiz Pardaqanotlilar dir. Tuban Pardaqanotlilarning ogʻiz organlari kemiruvchi, yuksak Pardaqanotlilar niki — kemiruvchiyalovchi yoki soʻruvchi (pastki labi xartumchaga aylangan). Urgʻochi Pardaqanotlilarning tuxum qoʻygichi bor; zaharli tuxum qoʻygichi zahar soluvchi nashtarga aylangan. Toʻliq oʻzgarish orqali rivojlanadi. Erkak Pardaqanotlilar gaploid tuxumlardan, urgʻochilari urugʻlangan diploid yoki urugʻlanmagan tuxumlardan rivojlanadi (k,. Partenogenez). P. nerv sistemasi boshqa hasharotlarga nisbatan kuchli rivojlangan; shartsiz reflekslari xilma-xil va murakkab (ay-niqsa, jamoa boʻlib yashovchi Pardaqanotlilarda) boʻlib, nayeli toʻgʻrisida gʻamgʻoʻrlik qiladi. Koʻpchilik Pardaqanotlilar gulli oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Ayrim turlari (arrakashlar, shoxdumlilar va b.) oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Bir qancha parazit turlari (yaydoqchilar)dan zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurashda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: PARDAQANOTLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sardor Mamadaliyev - Bevafo (new version)
Little Big - Tacos
NERV SISTEMASI
CHUMOLILAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты