OʻTKAZUVCHANLIK

OʻTKAZUVCHANLIK — 1) elektr oʻt k a z u v ch a n l i k — jismning elektr maydoni taʼsirida elektr tokipi oʻtkazish xususiyati. Oʻlchov birligi 1/ Om. Elektr tokini oʻtkazadygan jismlar oʻtkazgichlar deyiladi. Ularda hamisha erkin zaryadlar — elektronlar, ionlar mavjud boʻladi. Ularning tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi. Koʻpgina oʻtkazgich (metall, yarimoʻtkazgich, plazma)larning elektr Oʻtkazuvchanlik gi elektronlarning harakatiga asoslangan. Uz. 1 m va koʻndalang kesim yuzi 1 mm2 boʻlgan oʻtkazgichning qarshiligi metallarning solishtirma elektr oʻtkazuvchanligi deyiladi. Metallning issiqlik Oʻ. gi bilan elektr Oʻtkazuvchanlik gi orasida toʻgʻri mutanosib (proporsional) bogʻlanish mavjud, yaʼni uncha past boʻlmagan trada sof metallar uchun elektr Oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentining issiklik Oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentiga nisbati oʻzgarmas kattalikdir.

Yarimoʻtkazgichlarda elektron va kovak Oʻtkazuvchanlik mavjud. Erkin elektronlar tufayli hosil boʻladigan Oʻtkazuvchanlikga elektron Oʻtkazuvchanlik, koʻchgan elektronning boʻsh qolgan oʻrni kovak, kovaklar siljishi esa kovak Oʻtkazuvchanlik, deyiladi. Kovak musbat zaryadli. Kovaklar harakatining yoʻnalishi elektronlar harakatiga qarama-qarshidir. t-ra qoʻtarilishi bilan metallarda elektr Oʻtkazuvchanlik kamayadi, elektrolit va yarimoʻtkazgichlarda esa koʻpayadi. Oʻtkazgichlar t-rasi maʼlum kritik t-ra (Tk) dan pasayganida ularning elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasayish xossasi oʻta oʻkazuvchanlik deyiladi. Oʻtkazgichlarning normal holatdan oʻta Oʻtkazuvchanlik holatiga oʻtish chegarasi bilan bogʻliq boʻlgan sirt energiyaga ega. Bu energiyaning musbat yoki manfiy boʻlishiga qarab, oʻta oʻtkazgichlar 1 va 2turga boʻlinadi. Niobiy, vanadiy va texnitsiy kabi metallar 2tur, qolgan metallar 1tur oʻta oʻtkazgichlarga kiradi; 2) issiqlik oʻtkazuvchanlik — t-ra taʼsirida modda zarralarining issiqlik harakati tufayli issiqtikning uzatilishi. Suyuqlik issiqlikni metallga nisbatan yomon, gazga nisbatan esa yaxshiroq oʻtkazadi. t-ra orta borishi bilan metall va gazlarning issiqlik Oʻtkazuvchanlik gi orta boradi, suyuqliklarniki esa kamaya boradi. Ichki va tashqi issiqlik Oʻtkazuvchanlik gi mavjud. Agar vaqt oʻtishi bilan t-ra oʻzgarmasa, ichki issiqlik Oʻtkazuvchanlik roʻy beradi, tashqi Oʻ esa ikki muhit — metall va gaz oqimi, metall va suyuklik oqimi chegarasida roʻy beradi. Oʻtkazuvchanlikdan hisoblash va oʻlchash texnikasida hamda boshqa qurilmalarda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: OʻTKAZUVCHANLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YARIMOʻTKAZGICHLAR
QATTIQ JISM
METALLAR
PLAZMA TEZLATKICHLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты