PARIJ UNIVERSITETI, Sor!bonna — Fransiyadagi yirik oʻquv va ilmiy markazlardan biri. 1215-y. cherkov maktabi negizida vujudga kelib, Yevropada birinchi dunyoviy un-t hisoblangan. Dastlab sanʼat, huquq, ilohiyot, tibbiyot f-tlari boʻlgan. 1257-y. Parijning Lotin kvartalida Sorbonna deb atalgan kollej tashkil etilgan (asoschisi — R. De Sorbon nomi bilan bogʻliq). 17-a. da Sorbonna kolleji bilan Parij universiteti qoʻshilib, ularning har ikki nomi aynan ishlatila boshladi. Parij universiteti oʻrta asrlarda va 17-a. ga kadar Yevropada ilohiyot va yurisprudensiya sohasida yirik oʻquv yurti va ilmiy markaz hisoblangan. 1793-y. Konvent qaroriga muvofiq un-t yopildi va 1806-y. da kayta tiklandi. A. Lavuazye, L. Paster, P. Kyuri, J. B. Perren, P. Lanjeven kabi mashhur olimlar faoliyati Parij universiteti bilan bogʻliq. 1970-y. larda Parij universiteti kayta tu-zilib, 13 mustaqil un-t tashkil etildi. Un-t huquq va iqtisodiyot fanlari, tabiiy fanlar, adabiyot va ijtimoiy fanlar, tibbiyot, farmokologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda bir kancha i. t. in-tlari, markazlar, oliy maktablar, kutubxonalar mavjud. Un-tda 250 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.