OʻSh VILOYATI

OʻSh VILOYATI — Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939 yil 21 noyab. da tashkil qilingan. Oʻsh viloyati respublikaning jan. gʻarbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 29,2 ming km2. Aholisi 1176 ming kishi (1999), asosan, qirgʻizlar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, tojik va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 480 ming kishidan ziyod. Yirik shaharlari: Qizilqiya, Sulukta, Qorasuv, Oʻzgan. 10 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 5 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi — Oʻsh shahri Viloyat hududi Tyanshan va Pomir — Olay togʻlarida joylashgan. Shim. gʻarb, shim. va shim. sharqida Chatqol, Piskom, Talas Olatovi tizmalari, Susamirtov va boshqalar, sharqida Fargʻona tizmasi (tizmalar orasida yirik togʻlararo botiqlar: Chatqol botigʻi — bal. 750— 1000 m, Ketmontepa botigʻi — bal. 750— 1000 m) bor. Janubiy da Turkiston, Orqa Olay tizmalari (Oʻ. v. ning eng baland joyi — 7134 m) qadimiy koʻtargan. Fargʻona vodiysi atroflari adir va togʻ etaklaridan iborat.

Foydali qazilmalari: toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, neft, yenuvchi slaneslar, tabiiy gaz, surma, simob, qoʻrgʻoshin rudalari, volfram, tosh tuzi, qurilish materiallari va boshqalar Iqlimi kontinental, quruq. 500 m dan 1000-1100 m gacha balandlikda yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3°, iyulniki 24 — 27°. Vegetatsiya davri 210—215 kun. Shu balandliklarda viloyatning asosiy obikor vohalari joylashgan. 2000—3000 m balandlikda iyulning oʻrtacha t-rasi 11—18°, qishi sovuq va davomli. Yillik yogʻin 400—600 mm (Fargʻona tizmasining gʻarbiy yon bagʻrida 900 mm gacha). 3000 m dan balandda iqlim anchagina sovuq (iyulning oʻrtacha t-rasi 10°dan past), yil boʻyi sovuqsiz kunlar kam. Eng yirik daryolari: Norin va Qoradaryo. Sarichelak koʻli, Toʻxtagʻul, Papan suv omborlari bor. Togʻlarda 1500 m balandlikkacha boʻz tuproqlarda quruq togʻ dashtlari, undan yuqorida oʻtloq dashtlar tarqalgan. Chatqol va Fargʻona tizmalarida yongʻoqzormevazor oʻrmonlar uchraydi. Yovvoyi mevali daraxtlardan yongʻoq, olma, pista, bodom, olcha, doʻlana, zirk oʻsadi. Olay va Turkiston tizmalarida archa oʻrmonlari bor. 3000—4000 m balandliklarda — togʻ oʻtloqi tuproqlarda subalp va alp oʻtloqlari mavjud. Ulardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yongʻoqzormevazor oʻrmonlarda tulki, boʻri, boʻrsiq, oq sichqon, qoʻngʻir ayiq, qobon, yelik, jayra; baland togʻlarda togʻ echkisi, qor qoploni yashaydi. Oʻsh viloyatida Sarichelak qoʻriqxonasi joylashgan.

Qirgʻiziston Respublikasida qazib olinadigan neft va gaz, koʻmirning asosiy qismini Oʻsh viloyati beradi. Rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, ip va ipak yigiruv, paxta tozalash, goʻsht korxonalari bor. Oʻsh viloyati togʻyaylov chorvachiligining muhim r-ni. Gʻalla (shu jumladan, sholi), paxta, arpa, tamaki ekiladi. Fargʻona atrofidagi vodiylarda bogʻdorchilik (oʻrik, olma, behi) va tokchilik rivojlangan.

Togʻlarda yaylov chorvachiligi mavjud. Asosiy tarmogʻi — goʻshtjun qoʻychiligi. Qoramolchilik sugʻorib dehqonchilik qilinadigan tumanlarda, Olay vodiysida qoʻtoslar, shuningdek, qoramol, qoʻy va echki, yilqi boqiladi. Parrandachilik hamda ipakchilik sohalari rivojlanmoqda. *Avtomobil — asosiy transport turi. Muhim avtomobil yoʻllari: Oʻsh—Bishkek, Oʻsh—Toshkent, Oʻsh—Xorugʻ, Oʻsh—Qorasuv—Oʻzgan — Qoragʻulja, Oʻsh — Qizilqiya — Isfana, Oʻsh — Aravon. T. y. transporti muhim ahamiyatga ega. Pedagogika inti, tarixiymadaniy muzeyqoʻriqxona, 2 drama teatri, kurort va sanatoriylar bor. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: OʻSh VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
QIRGʻIZISTON
YAPONIYA
POMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты