OʻQTOYXON, Oʻqtoy qoon, Oʻgedey, Ugedey (11861241.11.7) Moʻgʻullar davlati ulugʻ qooni (1229 — 1241.11.7); Chingizxotsht 1xotini, yaʼni qoʻngʻirot urugʻining koʻzga koʻringan vakili Day noʻyon qizi Boʻrta Fujindan tugʻilgan 3oʻgʻil. Moʻgʻullar tomonidan 1219—20 yillarda Movarounnahrning zabt etilishida faollik qoʻrsatgan (q. Urganch mudofaasi). Chingizxon hayotligida Oʻqtoyxonni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Chingizxon oʻlimidan 2 yil oʻtgach, 1229-yilda Joʻjixon oʻgʻlonlari, Chigʻatoy va Tulixon farzandlari hamda Bilgaday noʻyon va Ilchidoy noʻyon singari arkoni davlat ishtirokida chaqirilgan buyuk qurultoyda Oʻqtoyxon ulugʻ qoon (bosh hukmdor) etib saylangan. Oʻ hukmronligi davrida Shim. Xitoy butunlay moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan va qoon Maxmud Yalavochta bu yurtni boshqarishni topshirgan. Oʻ. Xitoyni zabt etib qaytgach, 1235-yil Joʻjixonning toʻngʻich oʻgʻli Botuxon boshliq chingiziy xonzodalarni Dashti Qipchoq, Bulgʻor, Rus, Alaniya, Mojariston, Cherkes, Boshqird va boshqalar ellarni fath qilish uchun yuborgan. Ushbu harbiy yurishlar 1240-yilning iyunigacha davom etgan. Bu davrda Qoraqurumnn obod qilish ishlari amalga oshirilgan. Xitoydan keltirilgan ustalar va naqqoshlar yordamida qoʻrkam koʻshklar, binolar quriladi. Xitoydan Qoraqurumgacha boʻlgan masofada bir-biridan uzoqligi taxm. 30 km dan iborat 37 yomxona bunyod etilgan. Moʻgʻullarning yurishi vaqtida vayronaga aylangan Hirot shahrini qayta tiklashga muvaffaq boʻlingan, aholi roʻyxatga olingan. Moʻgʻulistonning bir qismi, Jungʻoriya va Xitoyning bir qismi Oʻqtoyxon tasarrufida boʻlgan. Ayshu ishratta berilish, haddan tashqari koʻp sharob ichish oqibatida Oʻqtoyxon 1241-yilning 11-iyulida vafot etgan. Taxt maʼlum muddatga uning bevasi Turakina xotun qoʻliga oʻtgan.
Ad.: RashidadDin, Sbornik letopisey, t. 2 [perevod s persidskogo Yu. P. Verxovskogo], M. — L., 1960; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.
Hamidulla Dadaboyev.