PARTENOGENEZ

PARTENOGENEZ (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va…genez) , bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Partenogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat.

Bunday xrlat nayeli koʻplab qirilib ketadigan turlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Partenogenez umurtqasiz hayvonlarning deyarli barcha tiplarida va koʻpchilik umurtqalilarda (sut emizuvchilardan tashqari) uchraydi. Sut emizuvchilarning partenogenetik embrioni embriogenezning ilk davrlaridayoq halok boʻladi. Tuxum faqat Partenogenez orqali koʻpayganida obligat Partenogenez, tuxum urugʻlanib va urugʻlanmasdan koʻpayish xususiyatiga ega boʻlganida esa fakultativ Partenogenez deyiladi. Erkagi boʻlmaydigan turlarning faqat Partenogenez orqali koʻpayishi konstaʻnt Partenogenez deb ataladi. Koʻpincha Partenogenez orqali koʻpayish ikki jinsli koʻpa-yish bilan almashinib turganida siklik Partenogenez roʻy beradi. Partenogenetik nayelning genotipi, jinsi va gomozigotaligi Partenogenez koʻpayishning mitoz orqali oʻtishi yoki oʻtmasligi hamda diploidlikning qanday usulda tiklanishi bilan bogʻliq. Naslning jinsiga binoan, amfitopiya (urugʻlanmagan tuxumdan urgʻochi va erkak individlar rivojlanishi), arrenotokiya (tuxumdan faqat erkaklari rivojlanishi) yoki telitokiya (tuxumdan faqat urgʻochilarning rivojlanishi) farq qilinadi. Pedogenez P. shakllaridan biri hisoblanadi. Koʻpayishning oʻziga xos shakllari hisoblangan ginoge-nez va androgenez ham Partenogenezga misol boʻla oladi.

Sunʼiy Partenogenezda, odatda, organizm rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq halok boʻladi. Tut ipak qurtining urugʻlanmagan tuxumlariga yuqori va past harorat taʼsir ettirish orqali 90% tuxumlarning partenogenetik rivojlanishiga erishilgan (Astaurov, 1936). Ana shu omillarning kichik mikdori tut ipak qurtida mitotik Partenogenezni tezlashtirgan va faqat erkak gomozigot formalarning rivojlanishiga imkon bergan. Tut ipak qurtida Partenogenez orqali jinsni boshqarish katta amaliy axamiyatga ega.

Urugʻli va sporali oʻsimliklarda konstant Partenogenez koʻproq uchraydi. Ikki uyli oʻsimliklarda Partenogenez koʻpincha erkak indi-vidlarning uchramasligi, bir uyli oʻsimliklarda esa changchilik gullarning degeneratsiyasi, changlarning xreil boʻlmasligi yoki abortivligi bilan bogʻliq. Oʻsimliklarda sunʼiy Partenogenez har xil kimyoviy va fizik omillar taʼsir ettirib xreil qilingan.


Lotin alifbosida maqola: PARTENOGENEZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
BIOLOGIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты