OʻGʻIR

OʻGʻIR, keli — qoʻlda don (arpa, bugʻdoy, joʻxori va boshqalar) yanchish, sholi oqlash uchun moʻljallangan roʻzgʻor buyumi. Pishiq yogʻochning ichini oʻyib tashlab ishlanadi. Dastasi (kelisop) ham qattiq yogʻochdan qilinadi. Dastaning oʻrtarogʻida ikkala qoʻl bilan ushlash uchun oʻyigʻi boʻladi. Kelisopning uz. — 1,5—2 m. Oʻ. da donni yanchish uchun don bir oz ivitib qoʻyiladi, soʻngra Oʻgʻirga yarmigacha solinib, kelisop bilan qattiqqattiq uriladi. Oʻgʻir dehqonchilik rivojlanib, don ekila boshlagach paydo boʻlgan. Hozir ham (ayniqsa, qishloq joylarda) uyroʻzgʻorda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: OʻGʻIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEHQONCHILIK
JOʻXORI
OʻZBEKLAR
TOSHKENT
BUGʻDOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты