PARHEZ

PARHEZ, diyeta — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi.

Bemorlarga Parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar b-n kayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va b. kasalliklarda Parhez keng qoʻllanadi. Kasallikning davri, boskichi va fazasiga qarab, Parhezning bir necha varianti tavsiya etiladi. Kasalxonada davolanayotgan bemorga vrach kam ovqat yeyiladigan kunlar (mas, 1—2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qoʻyish uchun alohida ratsiondan foydalaniladi. Oʻz bilgicha Parhez tanlash yomon oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin (yana q. Parhez bilan davolash).


Lotin alifbosida maqola: PARHEZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OVQATLANISH
PARHEZ BILAN DAVOLASH
YER
TOSHKENT
BEMORNI PARVARISH QILISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты