PASKAL CHIGʻANOGʻI — toʻrtinchi tartibli yassi chiziq. Aylananing biror O nuqtasidan chiqqan vatarlarini berilgan a kesmaga uzaytirish va qisqartirish natijasida hosil boʻlgan M va Mt nuqtalar toʻplami (rasmga q.) P. ch. ning Dekart koordinatalar ti-zilshdagi tenglamasi (x2+y2—2Rx)1=ahx2+y2), qutb koordinatalari sistemasida r=2L«yuf±a, bunda R — berilgan aylana radiusi. a=2R boʻlsa, Paskal chigʻanogʻi kardiodadan iborat. a>2R boʻlsa, Paskal chigʻanogʻi oʻzini oʻzi kesmaydi. Paskal chigʻanogʻi fransuz matematigi E. Paskal (1588—1651, B. Paskalnmnt otasi) nomi bilan ataladi.