PASTDARGʻOM TUMANI — Samarqand viloyatilagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1929—38 y. larda Akmal Ikromov tumani deb atalgan. 2001-y. da Pastdargʻom tumaniga Goʻzalkent tumani qoʻshildi. Shim. dan Oqdaryo va Ish-tixon, gʻarbdan Kattaqoʻrgʻon, Nurobod tumanlari, jan. dan Qashqadaryo viloya-ti va sharkdan Samarqand tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,53 ming km2. Aholisi 267,3 ming kishi (2003). Pastdargʻom tumanida 1 sha-har (Juma), 1 shaharcha (Charxin), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Arabxona, Bolatosh, Dimishqibolo, Namuna, Sanchiqoʻl, Saribosh, Torariq, Turon, Xalqaobod) bor. Markazi — Juma shahri.
Tuman nomi («Pastdargʻom»)ning kelib chiqishini mahalliy tilshunos, toponimistlar daryo (dargʻom)ning qu-yisi (quyisidagi yer, hudud) deb izohlaydilar. Haqiqatan ham Zarafshonning pastki qismida joylashgan Dargʻom kanali tuman hududidan oqib oʻtadi. 1141-y. 9 sent. da Kotvon dashtida saljuqiylar va qoraxitoylar oʻrtasidagi jang Dargʻom daryosi boʻyida boʻlib oʻtgan va tarixchilarning taʼkidlashicha «… jangda saljuqiylardan 30 ming kishi halok boʻlgan, 10 ming kishini Dargʻom daryosi oqizib ketgan». Daryo nomi «Boburnoma»da ham uchraydi.
Tabiati. Tuman relyefi yassi tekislik boʻlib, sharkdan gʻarbga nishab. Yuzasi uchlamchi davr choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Ustki qismini Zarafshon va uning irmoklari olib kelgan allyuvial yotqizikdar qoplagan. Tuman hududining jan.-sharqi Zarafshon togʻ tizmalarining gʻarbiy uchi bilan band. Bal. 2204 m gacha. Jan.-gʻarbiy qismi Qarnobchoʻl dashtining sharqiy va Qarshi choʻlining shim. chekkalaridan iborat chala choʻllardir. Tuproklari, asosan, boʻz tuproq. Choʻl zonasida ozroq shoʻrxoklar bor. Togʻ etaklarida jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklari: shuvoq, bugʻdoyiq va togʻchala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Daryolarning qa-yirlarida roʻvak, qamish, shoʻrajriq, suvrang, kampirsoch, itgunafsha, yul-gʻun va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvon va par-randalardan: boʻri, tulki, quyon, chiyaboʻri, jayran, jayra, qobon, kalta-kesak, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsich-qon, tipratikan, kalamush, qirgʻovul, loyxoʻrak, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, zargʻaldoq va b. uchraydi. Tuman hududining shim. dan Zarafshon daryo-sining tarmogʻi — Qoradaryo va b. soylar oqib oʻtadi, gʻarbida yozda qurib qoladigan soylar bor. Tuman hududi orqali Dargʻom kanali, Eski Anhor kanali oʻtadi. Iqlimi keskin kontinen-tal. Lekin, shim., shim.-sharq va sharq tomondan togʻlar bilan oʻralganligi uchun qishi iliqroq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,9°, iyulniki 27,2°, eng past t-rasi —26°, eng yuqori t-ra 44°. Yillik yogʻin 328 mm, asosan, qish va bahorda yogʻadi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 504 kishi.
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligida yetakchi tarmoq q. x. P. t. da paxta tozalash z-dlari (Juma va Charxin), «Oʻzbiokom-binat» korxonasi, «Agrokimyotaʼminot» aksiyadorlik birlashmasi, «Agromashservis» aksiyadorlik jamiyati,ʻ qurilish tashkilotlari, gʻisht z-di, «Paxtabank», «Tadbirkorbank», Milliy bank boʻlimlari, Mebellar uyi, supermarket, 346 savdo doʻkonlari, bozorlar, 99 umumiy ovqatlanish, 239 maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud. Qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatadi.
Pastdargʻom tumanida 10 ga yaqin shirkat xoʻjaligi, Pastdargʻom ijara xoʻjaligi va b. bor.
Q. x. da foydalaniladigan yerlarning 16,8 ming ga yeriga paxta, 14,7 ming ga yeriga don va boshqa ekinlar ekiladi (2003).
Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, ot, par-randa boqiladi.
Pastdargʻom tumani dagi 116 umumiy taʼlim makta-bida 59287 oʻquvchi taʼlim oladi, 3 kasb-hunar kolleji, respublika badiiy aka-demiyasi tasarrufidagi 1 sanʼat litseyi, Oʻzbekiston — Koreya hamkorligida ochilgan sanʼat kolleji, 2 musiqa maktabi mavjud, 59 kutubxona, 22 klub, madaniyat uylari va saroylari, mada-niyat va istirohat bogʻlari, 22 xalq te-atri, 6 xalq ansambli faoliyat koʻrsa-tadi. Tumanda 12 stadion, 890 sport maydonchalari, sportning milliy ku-rash, karate, real-aykido turlari va b. boʻyicha sport klublari ishlab turibdi.
Pastdargʻom tumani dagi tuman birlashgan kasalxo-nasi, unga qarashli 4 kasalxona, 5 shifoxona, 76 feldsher-akusherlik punktlari, 200 qishloq-davolash am-bulatoriyalari, 16 qishloq vrachlik punktlari, 21 dorixona mavjud.
Tuman hududi orqali Toshkent — Dushanba, Toshkent — Qarshi poyezdlari oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon—Juma—Samarqand, Samarqand—Sazagʻon—Jom, Juma— Xoncharvoq va b. yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Toshkent—Urganch, Toshkent—Navoiy yoʻnalishlari boʻylab qatnaydigan avtobuslar ham tuman hududi orqali oʻtadi. Juma—Saza-gʻon oʻrtasida qattiq qoplamali avtomobil yoʻli oʻtkazilgan. 1931-y. dan «Pastdargom haqikati» tumani gaz. si chiqadi.