PAXTASIMON GʻOʻZA

PAXTASIMON GʻOʻZA (Gossypium gossypioides Ulbr.-Standl.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D6, xromosomalar soni 2p=26. Meksikada (Oaxaka shtati va Sinaloa shtatining jan. qismida) tarqalgan. Paxtasimon gʻoʻza koʻp yillik buta, boʻyi 3 m ga boradi, ayniqsa, yosh novdalari mayda tuklar bilan qoplangan, poyasi toʻq qizil tusga kiradi. Oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan, hosil shoxlari kal-ta. Barglari yirik, 12 sm cha, 3—5 boʻlmali. Boʻlmalari uchburchak shaklda, oʻtkir uchli. Yonbarglari chiziqlinashtarsimon, erta toʻkilib ketadi. Gullari yirik, qoʻngʻirsimon, gulbarglari oq yoki pushti, asosida toʻq qizil katga dogʻlari bor. Koʻsaklari mayda, 3 — 4 chanoqli, tuxumsimon, uchi oʻtkir, sirtida tiniq smola bezchalari mavjud. Har bir chanogʻida 1—2 tadan kulrangyashil tukli (10 mm cha) uzunchoq chigiti bor. Paxtasimon gʻoʻza — qurgʻoqchilikka chidamli, fo-todavriy oʻzgarishlarga taʼsirchan. Chigiti toshchigit. Raymond, meksi-ka va uch boʻlma bargli gʻoʻzalar bilan chatishadi.

Abdumavlon Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: PAXTASIMON GʻOʻZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PERU GʻOʻZASI
PALLALI GʻOʻZA
TOSHKENT
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты