PACHKAMAR GAZ-KONDENSAT KONI

PACHKAMAR GAZ-KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi kon. Dehqonobod va Gʻuzor sh. lari oraligʻida joylashgan. Kon may-doni oʻrtacha balandlikdagi togʻ relyefidan iborat boʻlib, bal. 700—800 m. Pachkamar strukturasi 1952-y. da 1:25000 masshtabdagi strukturaviy-geologik syomka natijasida aniklangan va 1973-y. da dastlabki parametrik quduq qazilgan. 1974-y. da quduq sinab koʻrilganda yuqori yura davrining karbonatli yotqiziqarida sanoat ahamiyatidagi gaz uyumi borligi maʼlum boʻldi. 1973-y. dan 1978-y. gacha 6 burgʻi qudugʻi qazilgan. Qudukdarning oʻrtacha chuq. 1919—2210 m. 6 qudukdan faqat bittasi — parametrik quduq (chuq. 2210 m) gazlilik chega-rasi ichida, qolgan 5 tasi gazlilik che-garasidan tashqarida joylashgan. Konning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yot-qiziklari ishtirok etadi.

Tektonik jihatdan Pachkamar strukturasi Qaroillangar antiklinalining jan.-sharqiy qanotida, u ham oʻz navbatida Boysun megaantiklinalining shim.-gʻarbiy chekkasida joylashgan. Pachkamar burmasi shim.-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan braxiantiklinaldan iborat, uning oʻlchami — 1300 m chuqurlikdagi berk izogips chizigʻi boʻylab 6,5×2,2 km, bal. 200 m. Shim.-gʻarbiy kanotning yotish burchagi 18 — 20°, jan.-sharqiysi 20—25°, periklinallariniki 3—10°. Burmaning shim.-gʻarbiy qanoti yoriq bilan buzilib mu-rakkablashgan.

Sanoat ahamiyatiga molik gaz yuqori yura davri karbonat jinslarining 16-, 15a-, 15 – gorizontlari bilan bogʻliq. Gaz, asosan, murakkab (15-gorizont) va gʻovakdarzli (16a va 16 – gorizontlar) kollektorlarda uchraydi. Gaz sarfi (kondensat bilan birga) sutkada: 16-go-rizontda 494,8 ming m3, 15a da —344,4 ming m3, 15 – da —531,1 ming m3. Kondagi gaz zichligi 0,692—0,696 g/sm3. Gaz tarkibida hajmiga nisbatan, % da: metan 80,0; etan 7,72; propan 4,3; moʻta-dil butan 11,04; izobutan 0,84; moʻtadil pentan 0,27; izopentan 0,41; vodorod sulfid va karbonat angidrid gazi yigʻindisi 0,3; azot 2,86. Gazdagi mikrokomponentlar miqdori, mg/l: yod 1,3—2,03 dan 5,28— 6,49 gacha; brom 16,5—49,0 dan 69,08— 85,02 gacha; bor oksidi 5,3—21,9 dan 52,6—122,6 gacha. Hoz. kunda kon sanoat mikyosida foy-dalanishga tayyorlangan.


Lotin alifbosida maqola: PACHKAMAR GAZ-KONDENSAT KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
QASHQADARYO VILOYATI
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты