QADIMGI AHD — Bibliyaning bir qismi. Iudaizmaa ham, xristianlikda ham muqaddas yozuv deb eʼtirof etiladi. Uning tarkibiga 39 ta kitob kiradi. Xristianlikda Qadimgi ahd nomi Bibliyaning qadimiy kitoblarini ifodalash uchun xristian cherkovi tomonidan qoʻllangan. Qadimgi ahd miloddan avvalgi 9-asrdan mil. av. 2-asrning 60-y. lari ichida vujudga kelgan. Qadimgi ahd asarlarining asosiy originali qadimiy yahudiy tilida, faqat ayrim parchalari oromiy tilida yozilgan. Mil. av. 2 asr davomida Qadimgi ahd yunon tiliga tarjima qilingan. Mil. 4-asrning oxiri — 5-asr boshlarida lotin tiliga oʻgirilgan. Qadimgi ahdning dastlabki asosiy qismi Tavrotpir. Qa. da qadimgi xalq rivoyatlari, turli afsonalar, solnoma, jangnomalar, sheʼr, shuningdek, duolar, turli diniy marosimlar bayoni va boshqalar ifoda etilgan.