QAZI

QAZI — ot goʻshtidan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Qazini tayyorlash uchun otning toʻsh va peshnob yoki lahm qismi goʻshti va yogʻi eni 3—4 sm, uzunligi 10—15 sm qilib tilimlanadi. Tilimlar togʻoraga solinib tuz, murch va zira bilan yaxshilab aralashtiriladi (1 kg goʻshtga 0,5 kg ot yogʻi, 50 g tuz, 15 g murch, 25 g zira) va 4 soatdan 24 soatgacha salqin joyda saqlanadi. Ot (mol) ning 45—50 sm uzunliqdagi ichagi agʻdarilib, sovuq suvda yuviladi, shilimshiq moddasi tuz bilan ishqalab yokm 2% li sirkali suv bilan tozalanadi. Ichakning bir uchiga choʻp suqib (ichak sitplib chiqib ketmasligi uchun), orqasidan pishiq ip bilan mahkam bogʻlab, ikkinchi uchidan tayyor tilimlar bir goʻsht va bir yogʻ zich qilib tiqiladi. Ichak toʻlgach, ikkinchi tomoni ham choʻp suqib qattiq bogʻlanadi, ikkala uchini biriktirib, saqlash uchun osib qoʻyiladi. 2—3 kundan soʻng Qazi tayyor boʻladi. Qazini 10—12 sm qalinlikda un yoki kepakka koʻmib, 2 yilgacha saqlash mumkin. Qazini pishirishda qozondagi sovuq suvga solinib 1,5—2 soat middiratib qaynatiladi. Qazi qaynab chiqqandan soʻng, koʻpigi olinib, yorilib ketmasligi uchun bir necha joyiga nina uriladi. Dasturxonga parrakparrak qilib, noringa qoʻshib yoki yaxna tarzida murchli piyoz yoki salatlar bilan tortiladi. Q. Toshkentda koʻp tayyorlanadi. Qazi moʻgʻullar, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlarda ham mavjud.


Lotin alifbosida maqola: QAZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOGʻ
GOʻSHT SANOATI
OVQATLANISH
YER
TUZLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты