QANQA

QANQA, Xarashkat, Kanka, Qanqatepa — mil. av. 3-asr—mil. 12-asr boshiga oid qadimiy shahar xarobasi. Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumani hududida, Ohangaron daryosining qadimiy oʻzani chap sohilida. Shohruxiya arxeologik yodgorligidan taxm. 8 km shim. sharqda qadimiy karvon yoʻli ustida joylashgan. qadimiy Xitoy yozma manbalarida Bitan (Bityan), oʻrta asrlarda Xarashkat nomlari bilan yuritilgan. Qangʻ davlatining poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda (9—11-asrlar) Xarashkat shahri Choch viloyatida Binkat (Toshkent)dan keyin 2shahar hisoblangan. Dastlab, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzosi Ye. T. Smirnov (1898), keyinchalik M. Ye. Masson (1934 yil), soʻngra Moddiymadaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati (Q. Abdullayev; 1969—72), 1974-yildan Oʻzbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Qanqa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, umumiy mayd. 200 ga boʻlib, bir necha qator mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan, ark 3 shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Shahriston I ning mayd. 6,5 ga, shim. qismida ark (bal. 40 m) joylashgan. Uning atrofi xandaq bilan oʻralgan. Ark va Shahriston I ni 3 tomondan mayd. 50 ga dan ortiqroq Shahriston II oʻrab olgan. Shahristonlarga tashqaridan rabod (mayd. 60 ga) yondoshgan. Mil. av. 1 — mil. 1-asrlarda shahar ravnaq topgan. Shahristonlar va rabodda koʻchakoʻylar, maydonlar, hovuz va oqar suv tarmoqlari hamda paxsa va yirik xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy qoldiqlari saqlanib qolgan. Qanqadan mil. 1—2-asrlarda zarb etilgan kumush va mis tangalar (jumladan, 4—11-asrlarga oid tangalar xazinasi), oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar, sopol haykalchalar, ostodon (ossuariy), sirlangan va sirsiz sopol idishlar, tosh, suyak va metalldan ishlangan qurol va asboblar hamda devoriy rasm qoldiqlari topilgan. Turli xildagi bunday ashyoviy topilmalar shubhasiz, Qanqada ohangarlik, kulolchilik, tikuvchilik, suyak oʻymakorligi rivoj topganidan dalolat beradi. 12-asrda Ohangaron daryosi oʻzanining oʻzgarishi tufayli Qanqa suvsiz qolib, xarobaga aylangan.

Ad.: Masson M. Ye., Axengeran: Arxeologotopograficheskiy ocherk, T., 1953; Abdullayev K. A., Izistorii gorodisha Kanka (1969—1972), Istoriya materialnoy kulturn Uzbekistana, Vsh. 12, T., 1975; Buryakov Yu. F., Qosimov M. R., Rostovsev O. M., Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari, T., 1975.


Lotin alifbosida maqola: QANQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI
XITOY
ARXEOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты