QAPAGʻON XOQON

QAPAGʻON XOQON (? 716) Turk xoqonligi hukmdori (691—716). Uning ismi Oʻrxun bitiktoshlarida Qapagʻan, Xitoy yilnomalarida esa Mochjo shaklida uchraydi. U Ikkinchi Turk xoqonligining asoschisi boʻlmish akasi Eltarish xoqon vafot etgach, 691-yilda xoqonlik taxtiga oʻtirgan. Qapagʻon xoqon davrida xoqonlik yana Markaziy Osiyoning eng yirik davlatiga aylangan. Qapagʻon xoqon dastlabki faoliyatini Tabgʻach (Xitoy)ga hujum uyushtirish bilan boshlagan. U 693—706-yillar oraligʻida Eltarish xoqonning oʻgʻillari — Bilga xoqon va Kultegin bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi havzalari hamda Shanʼdun (Xitoyning shim. sharqi) oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritganligi qadimiy turkiy bitiktoshlarda qaydetilgan. 699-yilda bir qism xoqonlik qoʻshinlari jan. gʻarbga, Temir qapigʻgacha yetib kelgan, 710-yilda esa Buxoro, Sugʻd, Toxariston oʻlkalariga istilochilik yurishlari uyushtirayotgan arablar bilan toʻqnash kelgan. Qapagʻon xoqon 700-yilda Bilga xoqon rahbarligida Tangut oʻlkasiga (Shim. Gʻarbiy Xitoy — Tibetning shim.) qoʻshin yuboradi va boʻysundiradi. 701-yilda xoqonlik qoʻshinlari Xitoyning shim. gʻarbidagi Olti Chub Sugʻdaq oʻlkasiga yurish qiladi va OʻngTutuq rahbarligidagi 50 ming kishilik Xitoy qoʻshinini magʻlub etadi. Qapagʻon xoqon davrida yirik turkiy qabilalardan 699-yilda turgashlar, 703-yilda basmillar, 705 — 706-yillarda bayirqular, 709-yilda chik va azlar, 710-yilda qirgʻizlar va turgashlarga qarshi qoʻshin tortilib ular qaytadan Turk xoqonligi tarkibiga qoʻshib olinadi. Qapagʻon xoqon hukmronligi da7 vomida xoqonlik va Markaziy Osiyoda katta nufuzga ega boʻlgan bir qancha yirik qabilalar orasida toʻqnashuvlar yuz bergan. Bitiktoshlarda 711y. da turgash, 711—714-yillarda qarluq, 714-yilda az, 715-yilda izgil, 715—716-yillarda oʻgʻuz va toʻqqiz tatar singari qabilalar bilan jang olib borilgani hikoya qilinadi.

Xitoy yilnomalarida qayd etilishicha, 716-yilda Qapagʻon xoqon Toʻgʻla (Tola) daryosi boʻyida bayirqu urugʻi ustidan gʻalaba qozonib, poytaxt Oʻtukanga qaytayotganda yoʻdda yetarli xavfsizlik chorasi koʻrilmagani bois pistirmaga duch keladi va mazkur qabilaga mansub jangchi tomonidan oʻldirilgan.

Ad.:Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993.

Gʻaybulla Boboyorov.


Lotin alifbosida maqola: QAPAGʻON XOQON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
XITOY
TOSHKENT
BILGA XOQON
ELTARISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты