PIGMENTLAR

PIGMENTLAR (lot. pigmentum — boʻyoq) — 1) (biologiyada) orga-nizmlar toʻqimalari tarkibiga kiradigan boʻyoq birikmalar. Pigmentlar rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spekt-rining koʻzga koʻrinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi b-n bogʻliq. Pigmentlar sitoxromlar, katalaza va b. fermentlar, membrana strukturam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar bilan birga kompleks qosil qiladi. Hujayrada Pigmentlar max-sus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va b.) ichida, baʼzan hujayra shirasida boʻladi. Koʻpchilik hayvonlarda maxsus Pigmentlar hujayralari mavjud. Pigmentlar fotobiol ochiq jarayonlarida (fotosintez, koʻrish, fotoregulyatsiya) katta ahamiyatga ega; nafas olishda ishtirok etadi (gemoglobin, sitoxromlar, xromogenlar), organizmni ultrabi-nafsha nurlar taʼsiridan saqlaydi (oʻsimliklarda — karotinoidlar va flavonoidlar, hayvonlarda — mela-ninlar), hayvon va oʻsimliklar rangini belgilaydi. Pigmentlardan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. 2) (kimyoda) — suvda, organik eri-tuvchilarda, parda hosil qiluvchi mod-dalarda va b. boʻyaladigan muhitlarda erimaydigan (boʻyagichlardan farqli oʻlaroq) yuqori dispers kukunsimon boʻyovchi moddalar. Pigmentlar materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik Pigmentlar — kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalo-sianin Pigmentlarning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa Pigmentlardan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik Pigmentlarning ham ahamiyati katta. Anorganik Pigmentlar — tarkibida koʻp miqdorda te-mir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar boʻlgan tabiiy minerallar. Anorganik Pigmentlarning rangi boʻgʻiq, organik Pigmentlarga qaraganda kam tatimli, zichligi katta, yorugʻlik-ka chidamli. Pigmentlar, asosan, lok-boʻyoq ma-teriallar (mas, emallar, boʻyoqlar, jumladan, bosmaxona boʻyoqlari va badiiy boʻyoklar), shuningdek, plastmassalar, rezinalar, qurilish materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik Pigmentlar), kosmetik preparatlar va b. tayyorlashda, sunʼiy va sintetik tolalarni boʻyashda, sunʼiy charm va gazlamalarga bosma rang berishda koʻplab ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: PIGMENTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOTOSINTEZ
YER
HUJAYRA
SITOXROMLAR
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты