PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari tufayli roʻy beradi. Ayollarda homiladorlik vaqtida kattalashgan bachadon siydik naylarini ezishi natijasida siydikning yurishi qiyinlashib, Piyelonefrit vujudga kelishi mumkin. Koʻpincha homiladorlik davrida ilgari sira bilinmasdan kechgan va vaqgida aniqdanmagan surunkali Piyelonefrit avj oladi.

Piyelonefrit buyrak toʻqimasiga kasallik mikroblari kirishi natijasida vujudga keladi. Mikroblar uretrit yoki sis-titda siydik nayi boʻylab yuqoriga koʻtariladi yoki organizmda yalligʻlangan joylar boʻlganida, shuningdek, angina, tonzillitda yoki tishlar chi-riganida infeksiya kon tomirlaridan borib, buyrakka kiradi.

Birlamchi va ikkilamchi Piyelonefrit farq qilinadi. Birlamchi Piyelonefritda mikroblar organizmdagi yiringli manba (tonzillit, chipqon va b.)dan kon orqali buyrakka taʼsir etishi mumkin. Ikkilamchi Piyelonefrit siydik yoʻllari yalligʻlanganda vujudga keladi.

Oʻtkir va surunkali Piyelonefrit boʻladi. Et uvushib, kuchli titrash, isitmalash, kattik terlash, belning bir tomonida yoki umurtqa pogʻonasining ikki yonida ogʻriq paydo boʻlishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, ogʻiz qurishi, muskullarning bezillab turishi oʻtkir Piyelonefritga xos belgilardir. Siydik tekshirilganda undan leykotsitlar va mikroblar koʻp topiladi. Surunkali Piyelonefrit uzok, yillar davomida hech qanday belgilarsiz kechishi mumkin, uni faqat siydikni tekshirgandagina bilinadi. Surunkali Piyelonefritda bedda bir oz ogʻriq boʻladi, bosh tez-tez ogʻrib turadi. Baʼzan sal isitma chiqadi. Surunkali Piyelonefrit vaqtvakti bilan kuchayishi mumkin. Bunda oʻtkir Piyelonefritga xos belgilar paydo boʻladi. Surunkali Piyelonefrit oʻz vaqtida davolanmasa, buyrak toʻqimasi asta-sekin buziladi, buyrakning siydik aj-ratish funksiyasi oʻzgaradi, natijada (agar ikkala buyrak kasallangan boʻlsa) organizm azotli chiqindilar bilan zaharlanadi (q. Uremiya). Oʻtkir Piyelonefrit bilan ogʻriganda bemor, odatda, faqat kasalxonada davolanadi. Vrach buyurgan rejimga rioya kilinmasa, kasallik surunkali shaklga oʻtadi. Surunkali Piyelonefrit bilan ogʻriganda bemorlar doimo vrach kuzatuvida boʻlishi va u buyurgan rejim hamda davo tadbirlariga toʻliq amal qilishlari lozim, jumladan, parhez buyuriladi, dudlangan, ziravorli, konservalangan maxsulotlar, achchiq narsalar, spirtli ichimliklar man etiladi. Osh tuzini kamrok, isteʼmol qilish kerak.

Kasallikning oldini olish uchun turli yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish, organizmdagi infeksiya oʻchoklarini yoʻqotish, organizmni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega. Homiladorlar vaqtivakdi bilan ayollar konsultatsiyasiga borib siydikni botbot tekshirtirib turishlari lozim.


Lotin alifbosida maqola: PIYELONEFRIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PROSTATA BEZI ADENOMASI
YER
GRIPP
INFEKSION KASALLIKLAR
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты