QARSAK OʻYIN

QARSAK OʻYIN — oʻzbek xalq raqslari turkumi. «Besh qarsak» va «Mayda qarsak» boʻlimlaridan iborat. «Mayda qarsak», oʻz navbatida, «Yakka qarsak», «Qoʻsh qarsak» va «Tez» (yoki «Uzma») nomli oʻyinlarni oʻz ichiga oladi. Unda qarsaklar bilan hosil qilinadigan usul, bayt, bir ovozda aytiladigan yallalar va raqs harakatlari birlashadi. Koʻp joylarda ijrochilar yonmayon turgan yoki oʻtirgan holda davra yoki yarim davra hosil qilib, oʻrtadagi oʻyinchiga hamohang boʻlib, usulga mos chayqalib turadilar. «Mayda qarsak» boʻlimlari bir-biridan ajratilmasdan yaxlit ijro etiladi. Har boʻlimda oʻnlab xalq kuylari boʻladi, biroq bir xil qarsak usuli bilan olib boriladi. 2boʻlimga oʻtgach, qarsak ritmi oʻzgarib, raqs harakatlarini yangilaydi. «Besh qarsak» yonmayon turib davra hosil qilgan holda maʼlum surʼat va usulda uriladigan besh qarsak (311) va ayrim xitoblar vositasi bilan oʻynaladigan ommaviy raqsdir. Uning katta davralarida 20 va undan ziyod kishi ishtirok etadi. Ular bir tempda qarsak urib turish bilan birga u yonbu yonga chayqalib, oʻtiribturib, bukilib va ayni vaqgda yon bilan oʻng tomonga harakatlanib oʻynaydilar. Oʻyinda rechitativsimon baytlar boʻlib turadi. Davradagi oʻyinchining harakatlari shiddatli va jangovar boʻladi. U koʻproq qoʻl, bel, yelka, koʻkrak harakatlarini ishlatadi, yuzida sonsanoqsiz ifodalar hosil qiladi, goh bukilib, goh gʻoz turib, goh choʻkkalab oʻynaydi. Baʼzan «Besh qarsak»da ichmaich ikki halqa davra hosil qilingan, ikki oʻyinchi kuch sinashgan. Davradagi qarsakchilar ham, oʻyinchilar ham badihagoʻy — improvizator boʻlishgan. Qarsak oʻyinning elementlari ovchilik va zardushtiylik bilan bogʻliq holda paydo boʻlib, borabora madaniylashgan va bazmlarda koʻrsatiladigan tomoshaga aylangan. 14—16-asrlarda u saroy bazmlarini ham bezagan. Qarsak oʻyin taxminan 18-asr oxiri — 19-asr boshida 2 ga boʻlinib ketgan: «Mayda qarsak» tobora kengroq hududni egallab, vodiy madaniyatining bir qismiga aylanib boradi. «Besh qarsak», asosan, togʻli tumanlarda saqlangan. Qarsak oʻyin Jizzax, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida saqlanib kelmoqda. Koʻp joylarda (mas, Urgutda) «Mayda qarsak»ning oʻyin va ashulalari badiiy havaskorlik uchun ijod va repertuar manbaidir. «Bahor» va «Shodlik» ansambllarining baʼzi raqslarida Qarsak oʻyin anʼanalarini koʻramiz.

Muhsin Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: QARSAK OʻYIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
YER
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
RAQS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты