PIYOZ

PIYOZ (Allium) — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shim. yarim sharda 500 ga yaqin turi maʼlum. Eng koʻp turlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharkda uchraydi. Oʻzbekistonda Piyozning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom P. (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, havorang Piyoz (gulpi-yoz), yovvoyisarimsoq Piyoz, sarimsoq P. (sarimsoq), Shubert P. i (choʻchqa piyoz), qoratov piyozi (choʻchqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon P., Seversov P. i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh Piyoz (vatani Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston), batun Piyoz (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey Piyoz (vatani Oʻrta dengiz boʻylari) va b. ekib yetishtiriladi.

Eng koʻp tarqalgan turi osh Piyoz (A. sera L.) tuproq unumdorligiga gʻoyat talabchan, sovuqqa chidamli va oʻta namsevar sabzavot ekini. Oʻrta Osiyodan tashqari AQSH, Bolgariya, Ispaniya, Misr, Fransiya, Italiya va Yaponiyada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda 2 yillik, ay-rim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. Piyoz boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq. Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, efir moyi, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V,, V2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va b. bor.

Piyoz boshi poyasining shoxlanishiga qarab kam, oʻrtacha va kup uyali navlarga ajratiladi. Kam uyali navlar 1, ay-rim hollarda 2, oʻrta uyali navlar 2 — 3, koʻp uyali navlar 5 va undan kup pi-yozboshlar hosil qiladi. Taʼmiga kura, osh piyoz navlari achchiq, yarim achchik, va chuchuk turlarga ajratiladi.

Piyoz, asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas organlari va yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osh P. bir yoki bir necha generativ va vegetativ kurtaklar joylashgan qisqa poyadan iborat. Guli ikki jinsli. Il-dizi popuk ildiz. Urugʻi uch qirrali, 1000 donasi 2,5—4 g. P. janubiy, gʻar-biy, sharqiy kenja turlarga boʻlinadi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston janubida janubiy va, qisman, gʻarbiy kenja turga oid mahalliy navlar tarqalgan. Bularga Andijon oq Piyozi (yirik, oq), Samarqand qizil 172 Piyozi (dumaloqyassi, qizil), margʻilon P. i yoki tuxum P. (choʻzik, tuxumsimon, oq), Qoratol P. i( dumalok, tillarang), Farobi (yirik, dumaloqyassi, oq), Kaba 132 (yirik, dumaloq, jigarrangsarik), Tungani-56 (dumaloqyassi, toʻq binafsharang) va Ispan 313 (yirik, dumaloq, och sarik) Piyoz lari va b. kiradi.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda 1-yili dalaga urugʻi sepilib, isteʼmol uchun osh Piyoz (boshpiyoz) olinadi. 2-yili bosh P. ekilib, urugʻ olinadi. Oʻzbekiston sharoitida Piyoz ekiladigan yer iloji boricha begona oʻtlar chiqmaydigan qilib tayyorlanadi, kuzgi shudgor erta oʻtka-ziladi, kultivatsiya qilinadi, mola bosiladi. Piyoz ekiladigan yerning gektariga 20—25 t chirigan goʻng, texnologiya talablariga koʻra mineral oʻgʻitlar solinadi. Oʻrta Osiyoda Piyoz 3 muddatda: erta koʻklamda (fev. oxiri — mart boshlari-da); yozkuzda (avg. oxiri — sent. boshlarida) va kech kuzda (noyab. da, «toʻqson bosdi») ekiladi.

Piyoz sabzavot va dala almashlab ekish tizimida yetishtiriladi. Eng yaxshi oʻtmishdoshlar — karam, pomidor, bodring, kuzgi don ekinlari angʻizi, kartoshka. Oʻsuv davrida oziklantiriladi, sugʻoriladi (yer osti suvlari chukur joylashgan boʻz tuprokli yerlarda 12, oʻtloqibotqoqi tuproklarda 7—8-marta), qoʻlda yoki kimyoviy usulda oʻtoqqilinadi. Sent. oxiri — okt. boshlarida qazilib, avval dalada, keyin usti yopiq joylarda kuritiladi, saralanadi, har xil chiqitlardan tozalanadi. Hosildorligi 120 dan 400— 600 s/ga. Urugʻ olishda saralangan, navdor Piyoz boshi (noʻsh) egatlarga ekiladi. Mayda Piyoz boshchalarini noʻsh qilib erta bahorda koʻkpiyoz va yoz boshida bosh piyoz olish uchun Piyoz boshi (noʻsh) kdsaladi – P. urugʻi iyun oxiri — iyul boshlarida yetiladi. Gektaridan oʻrtacha 3—5 s, ayrim xoʻjaliklarda 10 s gacha urugʻ olinadi.

Asosiy zararkunandal ar i: P. pashshasi, tamaki shirasi, Piyoz parvonasi; kasal l ikl ar i : boʻyin chirishi, soxta kul, k°RakUya> virus kasalliklari.

Osh P. va uning noʻshidan tashqari, Piyozning batun, porey, shnitt, shalot va juda koʻp boshqa turlari xam ozik-ovkatga ishlatiladi. Batun Piyoz, (A. fi stulosum) piyoz bosh tugmaydigan koʻp yillik oʻsimlik. Bir joyda 3—4 y. usadi (Salatniy 35 navi). Barglari 25—30 sm boʻlganda — may oxirida yigʻishtiriladi. Hosildorligi 300 s/ga. Porey Piyoz (A. porrum) — piyozbosh tugmaydigan koʻp yillik oʻsimlik. Uzun nishtarsimon bargli, soxta poyali koʻp yillik oʻsimlik. Hosildorligi 250 s/ga. Shnitt (Sibir) P. (A. scho-enoprasum) — vatani Janubiy Osiyo boʻlgan koʻp yillik oʻsimlik. Kam mikdorda yetishtiriladi. Kuchli shoxlanadi — 3 yoshlisi 50 tagacha barg chiqaradi. Bargida 70—105 mg% S vita-mini bor. Sovuqqa oʻta chidamli, hosildorligi 150—200s/ga. Shalot Piyoz (A. ascalonicum) — vatani Janubiy Osiyo boʻlgan kup yillik usimlik. Piyoz boshchalari mayda. Asosan, Kavkazda ochik va yopiq (himoyalangan) tuprokqa bahorda ekiladi. Piyozning vegetativ koʻpayadigan sarimsoq Piyoz (A.sativum) turi qimmatli sabzavot ekini (q. Sarimsoq). Piyozning ayrim yovvoyi turlari bargi yoki piyozboshi isteʼmol qilinadi, piskom Piyoz (A. pskemens) kabi boʻyi 1 m ga boradigan ayrim turlari manza-rali bogʻdorchiliqsa ekiladi.

Orip Qodirxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: PIYOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOLGARIYA
ROSSIYA
ISPANIYA
YEVROPA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты