QARGʻALAR

QARGʻALAR — qargʻasimonlar oilasiga mansub 2 tur: kulrang Qargʻalar va qora Qargʻalarning umumiy nomi. Baʼzan 1 turning 2 kenja turi sifatida qaraladi. Uz. oʻrtacha 47 sm. Kulrang Q pati kulrang va qora; qora Qargʻalar niki — faqat qora boʻladi. Bu 2 tur areali chegarasida oraliq tusli gibrid formalar ham uchraydi. Qora Qargʻalar Yevropa va Osiyo gʻarbida va Shim. Amerikada; kulrang Q. Yevrosiyoning boshqa hududlari va Shim. Afrikada tarqalgan. Oʻrmonlar, xiyobonlar, baʼzan qamishzorlarda uya quradi. Kulrang Qargʻalar har xil muhitga moslana olishi va murakkab xulq-atvori tufayli shaharlarda koʻp uchraydi. Ayrim joylarda oʻrdaklar va boshqalar qushlar uyasidagi tuxumlari va bolalarini yeb, birmuncha ziyon yetkazadi.


Lotin alifbosida maqola: QARGʻALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
YEVROPA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты