PIRAMIDA

PIRAMIDA (yun. pyramidos) —1) matematikada — bitta koʻpburchak (asos) va umumiy uchga ega boʻlgan uch-burchaklar (yon yoqlar) bilan chegaralangan jism. Asosining shakliga koʻra, uch burchakli Piramida, toʻrt burchakli Piramida va b. deb yuritiladi. Piramida uchi (R)sj asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar P. ning balandligi deyiladi. Asosi muntazam koʻpburchak boʻlib, balandligi asos markaziga tushadigan Piramida muntazam Piramida deb ataladi. Muntazam Piramidaning yon yoqlari bir xil teng uchburchaklardan iborat, ularning balandligi Piramidaning apofemasi deyiladi. Piramida hajmi V = – 4 SH formula bilan topiladi; bunda, S — asosi yuzi; N — balandligi.

Piramida asosiga parallel tekislik bilan kesilsa, asos tomonda kesik P., kesimda esa asosga oʻxshash koʻpburchak (ustki asos) hosil boʻladi;

2) meʼmorlik-d a — piramida shaklida, zinapoya yoki minorasimon qilib quriladigan mo-numental inshoot. Mas, qadimgi Misrda firʼavnlarning qabrini P. shaklida qurganlar (q. Ehromlar).


Lotin alifbosida maqola: PIRAMIDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
MISR
APOFEMA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты