QATTIQ FAZALI REAKSIYALAR

QATTIQ FAZALI REAKSIYALAR — qattiq moddalar orasida oʻziga xos rang paydo boʻlishi bilan boradigan reaksiyalar. Rangli choʻkmalar hosil boʻlishi yoki erib ketishi bilan boradigan reaksiyalar ham Qattiq fazali reaksiyalarga kiradi. Kristallda boradigan kimyoviy reaksiyalar koʻpincha nuqsonli joylarda rivojlanadi. Nuqsonlar kristall panjaraning ichki qismida ham boʻlishi mumkin; binobarin, kimyoviy reaksiyalar kristallning ichki sirtida ham rivojlana oladi. 2 qattiq jism orasidagi reaksiya dastlabki moddalar sirti bilan mahsulotlar sirti chegarasida sodir boʻlishi mumkin. Bunday reaksiyalar topokimyoviy reaksiyalar deb ataladi (yun. xorok — joy demakdir, chunki bu reaksiyalar kristallning muayyan biror joyida sodir boʻladi).

Topokimyoviy reaksiyalar jumlasiga kaliy permaganatning parchalanishi, metallarning oksidlanishi va juda koʻp komplekslarning hosil boʻlish reaksiyalari kiradi. Bunga qattiq A§1 va qattiq N§12 lardan qattiq Ayo2(N§14)ning hosil boʻlish reaksiyasi misol boʻla oladi. Reaksiya qattiq fazada amalga oshishi uchun zarralar qattiq jism orqali diffuziyalanishi lozim; yuqoridagi misolda A§+ ionlari Ne12 tomon, Ne2+ ionlari esa A§1 tomon harakat qiladi. SoS126N20 bilan mochevina, GʻyeS136N20 bilan tiomochevina, №S16N20 bilan atsetamid orasidagi reaksiyalar topokimyoviy reaksiyalardir. Quruq holdagi nikel atsetat №(SN3SOO)2 bilan dimetilglioksim S4N803M2 orasidagi topokimyoviy reaksiya natijasida qizil tusli mahsulot hosil boʻladi. Shu sababli dimetilglioksim yordami bilan biror moddada nikel boryoʻqligini aniqlash mumkin.


Lotin alifbosida maqola: QATTIQ FAZALI REAKSIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QATTIQ JISM
KIMYO
RANG-TASVIR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты