PIRIMIDIN

PIRIMIDIN, 1.3-diazin, C4H4N2 — diazin sinfiga oid oʻziga xos hidli, rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 22,5°, qaynash t-rasi 124°, kuchsiz asos. Suv, spirt va efirda yaxshi eriydi. Pirimidin, odatda, 3-aminoakroleinni mochevina b-n kondensatlab yoki 2-xlor, 2,4-dixlor, 2, 4, 6-trixlor Pirimidinni asoslar ishtirokida qaytarib olinadi. Pirimidin yadrosi vitamin V,, koenzim (uri-dindifosfatglyukoza), antibiotiklar (amitsetin, bleomitsin), dorivor pre-paratlar (barbituratlar, pirimidin, sulfamidlar, ftorafur), kuchli za-harlar (tetrodoksin), nuklein kislotalar va b. tarkibiga kiradi. Biologik jarayonlarda ahamiyati muhim.

Pirimidin asoslari, pirimidinlar — pirimidinning geterotsiklik azotli asoslari hosilalari boʻlmish tabiiy birikmalar gu-ruhi. Organizmning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Nuklein kislotalar, nukleotidlar, kofermentlar va b. tarkibiga kiradi.


Lotin alifbosida maqola: PIRIMIDIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VITAMINLAR
KISLOTA VA ASOSLAR
YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты